👨🏻🎓 Qabulga doir
Qabul jarayonlari haqida barcha savollaringizga javob • 24 апреля 2024 в 16:42April 24, 20241) Qabul qachondan qachongacha davom etadi?
Javob: Hujjat topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar 15-iyundan 15-iyulga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin bo'ladi. Tayyorlov kursi uchun qabul asosan 15-apreldan 10-mayga qadar davom etadi, undan so'ng tayyorlov kursida ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar darajasiga qarab tayyorlov guruhlariga qo'shilib o'qishni davom ettirishlari mumkin bo'ladi.
2) Umumiy kvotalar haqida ma’lumot bersangiz?
Javob: O’g’il bollar - 150 ta (1-kursga). 2-kursga topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar uchun kvotalar soni belgilanmagan.
3) Akademiyaga kirish uchun qayerga hujjat topshiramiz?
Javob: Quyidagi linkka kirib ma'lumotlaringizni qoldiring:⬇️
...bot
4) Akademiyaga ne-chi yoshdan boshlab qabul qilinadi?
Javob: Erkaklar uchun yosh chegarasi 18-25 yosh oralig'ini tashkil qiladi.
5) Akademiyada o'qish uchun qaysi hujjatlar talab qilinadi?
Javob: Akademiyada o'qish uchun abituriyentdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (zagran pasport) va kollej yoki maktabni tugatganligi haqida diplom, shahodatnoma talab qilinadi.
6) 2-kursga hujjat topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar alohida hujjat topshiradimi?
Javob: Yo'q, barcha qatori ro'yxatdan o'tib yopiq telegram guruhga qo'shilishadi. Guruhga qo'shilganlaridan so'ng 2-kursga topshirmoqchi bo'lganlar ro'yxatini shakllantirish boshlanadi.
7) 2-kursga topshirmoqchi bo'lganlar uchun imtihon qachon va qayerda bo'lib o'tadi?
Javob: Yaqin kunlarda e'lon qilamiz...
8) 2-kursga imtihon topshiradiganlar uchun nimalardan imtihon bo'ladi?
Javob: Yaqin kunlarda e'lon qilamiz...
9) Akademiyaga o’quv yili davomida ham imtihon topshirib oʻqishga kirsa bo’ladimi?
Javob: Akademiyada boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlsa, abituriyentning bilim darajasiga qarab maxsus imtihon bilan qabul qilinishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz: ⬇️
Instagram | Telegram | Web sayt | Facebook