👨🏻‍🎓 Qabulga doir

👨🏻‍🎓 Qabulga doir

Qabul jarayonlari haqida barcha savollaringizga javob


1) Qabul qachondan qachongacha davom etadi?

Javob: Hujjat topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar 11-apreldan 15-iyulga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin bo'ladi. Tayyorlov kursi uchun qabul asosan 11-apreldan 14-mayga qadar davom etadi, undan so'ng tayyorlov kursida ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar darajasiga qarab tayyorlov guruhlariga qo'shilib o'qishni davom ettirishlari mumkin bo'ladi.

2) Umumiy kvotalar haqida ma’lumot bersangiz? 

Javob: O’g’il bollar - 150 ta (1-kursga). 2 va 3-kurslarga topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar uchun kvotalar soni belgilanmagan.

3) Qayerga hujjat toshiramiz?

Javob: Quyidagi linkka kirib ma'lumotlaringizni qoldiring:⬇️

https://b24-5hb32l.bitrix24.site/qabul_formasi/

4) Akademiyaga nechchi yoshdan boshlab qabul qilinadi?

Javob: Erkaklar uchun yosh chegarasi 18-25 yosh oralig'ini tashkil qiladi.

5) Akademiyada o'qish uchun qaysi hujjatlar talab qilinadi?

Javob: Akademiya o'qish uchun abituriyentdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va kollej yoki maktabni tugatganligi haqida diplom, shahodatnoma talab qilinadi.

6) 2 yoki 3-kursga hujjat topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar alohida hujjat topshiradimi?

Javob: Yo'q, barcha qatori ro'yxatdan o'tib yopiq telegram guruhga qo'shilishadi. Guruhga qo'shilganlaridan so'ng 2 yoki 3 kursga topshirmoqchi bo'lganlar ro'yxatini shakllantirish boshlanadi.

7) 2 yoki 3- kursga topshirmoqchi bo'lganlar uchun imtihon qachon va qayerda bo'lib o'tadi?

Javob: 2 yoki 3-kursga topshirmoqchi bo'lganlar uchun imtihonlar 30-iyun va 20-iyul sanalarida oflayn bo'lib o'tadi. Imtihonga yaqin telegram guruhda imtihon bo'ladigan manzil haqida ma'lumot beriladi.

8) 2 yoki 3-kursga imtihon topshiradiganlar uchun nimalardan imtihon bo'ladi?

Javob: 2 yoki 3-kursga topshirmoqchi bo'lganlarga yopiq telegram guruhda qaysi kitoblardan imtihon olinishi e'lon qilinadi. Imtihon test ko'rinishida bo'lib o'tadi, test sinovlaridan o'tganlar bilan suhbat bo'lib o'tadi.

9) Akademiyaga o’quv yili davomida ham imtihon topshirib oʻqishga kirsa bo’ladimi?

Javob: Akademiyada boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlsa, abituriyentning bilim darajasiga qarab maxsus imtihon bilan qabul qilinishi mumkin.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz: ⬇️

Instagram | Telegram | Web sayt | Facebook











Report Page