“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR”

“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR”

Yoshlar ishlari agentligi viloyat Boshqarmasi

“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” havaskor teatr jamoalari

ko‘rik tanlovining Buxoro viloyati “OMAD” ligasi

N I Z O M I

 

MAQSAD

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalarini, uyushgan va ushyumagan yoshlarni Vatanga sadoqatli, shukronalik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishga hamda o‘z iste’dod va iqtidorlarini sahnada namoyon qilish;

Yoshlarni ma’naviy saviyasini yuksaltirish, ularni har xil zararli oqim va guruhlarni ta’siridan saqlash, yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib dasturlar tayyorlash va ushbu dasturlarni keng yoshlar ommasi o‘rtasida targ‘ib qilish;

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talaba yoshlari hayotida uchrab turadigan muammolar, kamchilik va nuqsonlarni yumoristik va satirik janrlar orqali ko‘rsatib berish;

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalarining maroqli dam olishlari uchun qiziqarli dasturlar bilan chiqishlar qilib, bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tishi va ularni intiluvchan, izlanuvchan qilib tarbiyalashga hissa qo‘shish.

Umumiy qoidalari

Buxoro viloyati xududida “Quvnoqlar va zukkolar” havaskor teatr jamoalari ko‘rik tanlovining “OMAD” ligasi (keyingi o‘rinda QVZ “OMAD” ligasi) ko‘rik tanlovining barcha tadbirlarini tashkillashtirish bilan viloyat Мadaniyat boshqarmasi qoshidagi “Yoshlar klubi” shug‘ullanadi.

QVZ “OMAD” ligasining oliy boshqaruvi hamkor tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan Tashkiliy qo‘mita xisoblanadi. Tashkiliy qo‘mita vakolatiga “QVZ” o‘yiniga ta’luqli barcha masalalar, shahar va tuman bo‘limlarining tashkil topishi va ularning boshqaruv organini tasdiqlash kiradi.

Tashkiliy qo‘mita Buxoro viloyati hududida mavjud jamoalarning QVZ “OMAD” ligasi mavsumiy o‘yinlarining viloyat chempionati, hamda boshqa o‘yinlarda chiqishlari uchun asosiy prinsiplarni belgilab beradi.

O‘yin tashkilotchilari mazkur qoidada belgilangan va shakllangan prinsiplarga zid kelmagan holda, joylardagi sharoitlarni ko‘zda tutib mazkur qoidaga qo‘shimchalar kiritishi yohud bandlarini olib tashlashlari mumkin.

QVZ “OMAD” ligasi tadbirlar va o‘yinlarni o‘tkazishni ta’minlash uchun Tashkiliy Qo‘mita qarori bilan Ishchi guruh tuziladi. Guruh tarkibiga shu mavsumda o‘ynaydigan jamoalar a’zolari kirishi mumkin emas. Shu tarkibdagi ishchi guruhlar joylarda tashkil etilishi mumkin.

QVZ “OMAD” ligasi asosi “QVZ” jamoalari hisoblanadi, jamoaning kollektiv sifatida ish olib borishi ma’qullanmaydi (jamoalarning QVZ “OMAD” ligasiga ro‘yxatdan olish tartibidan tashqari), uning QVZ “OMAD” ligasining boshqaruv organlarida jamoaning ijodiy masalalari bo‘yicha jamoa sardori (rejissyor), tashkiliy-moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor (ma’mur) javob beradi.

“QVZ” jamoa sardorlari QVZ “OMAD” ligasining maslahat organi hisoblangan jamoa sardorlari kengashiga birlashadilar.

Viloyat hududidan tashqari yoki hududida bo‘lib o‘tadigan Respublika miqyosidagi uchrashuvlar qoidalari Respublika “QVZ” qoidalarga amal qilinadi.

Mavsumda ishtirok etish tartibi

Buxoro viloyatida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi “OMAD” ligasi mavsumiy o‘yinida belgilangan vaqtga qadar ro‘yxatdan o‘tib, (ariza shakli va berish vaqti Ishchi guruhi tomonidan belgilanadi) Ishchi guruh tomonidan tashkil topgan muharrir ko‘rigidan o‘tgan barcha viloyatdagi mavjud “QVZ” jamoalar ishtirok etish huquqiga ega.

Mazkur qismni birinchi bo‘limida ko‘rsatilgan barcha shartlarni bajargan, lekin tanlovda sababsiz (oldindan yozma ravishda ogohlantirmasdan) ishtirok etmagan jamoa Tashkiliy Qo‘mita qarori bilan o‘yinlardan chetlashtiriladi.

Mavsumning asosiy qoidalari

Ishchi guruhi jamoalarga axborot-ma’muriy xizmat, o‘yin kuniga qarab repetitsiya zali, muharrir maslahati (jamoaning xohishiga qarab) o‘z o‘yinida homiy reklama banerlarini o‘rnatish (sahnadan tashqarida), shuningdek tashakkurnoma (boshlovchining og‘zaki e’loni) ko‘rsatiladi.

Jamoalar mazkur qoidalarga to‘la amal qilishlari, repetitsiya texnik vositalaridan, ma’muriy binolardan extiyotkorlik bilan foydalanishlari, ularga zarar yetkazgan holda zararlarni shu zahoti qoplashlari, mavsumdan tashqari jamoa ishtirok etadigan barcha tadbirlar haqida oldindan xabar berishlari shart. Jamoaning mavsumda qatnasha olmasligi bilan bog‘liq fors-major xolatlarda jamoa Ishchi guruhini tadbirdan bir oy oldin ma’lum qilishi shart. Jamoaning shaxsiy tarkibi e’lon qilinmaydi. Shu bilan bir o‘yin paytida, kiyinish xonasi, repetitsiya zali va sahna ortida faqat jamoa a’zolari bo‘lishi shart.

QVZ “OMAD” ligasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda birinchi bor nashr qilingan (ko‘rsatilgan) barcha materiallar (hazil mutoyiba, ashula, raqs, sahna ko‘rinshlari, nomerlar, rejissyor qarorlari va x.k.) O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi” qonuniga muvofiq holda QVZ “OMAD” ligasi “QVZ” jamoalari hamkorligidagi shaxsiy ijod mahsuli hisoblanadi. Agar nashr qilinayotgan (ko‘rsatilayotgan) materiallarning bir qismi birinchi bor nashr qilinayotgan (ko‘rsatilayotgan) bo‘lsa u holda jamoa oldindan OAV (shu qatorida elektron vositalari)da, “QVZ” tanlovlarida, konsert maydonlarida, berilgan nashrlar (chiqishlar) bo‘lib o‘tgan joylarini ko‘rsatib o‘tishlari kerak. Jamoa nashr etilayotgan barcha materiallar xuquqiga ega ekanliklarini va ularni QVZ “OMAD” ligasining tadbirlarida qo‘llashi uchinchi shaxs huquqini buzmasligini ta’kidlaydi. QVZ “OMAD” ligasi roziligisiz hech qanday materiallar muallifini ko‘rsatmay turib uchinchi shaxsga berilishi, kommersiya proyektlarida ishlatilishi va OAV da (shu jumladan elektron shaklda ham) nashr etilishi mumkin emas.

Mavsum o‘yinlarini hakamlar hay’ati baholaydi, hakamlar hay’ati soni va shaxsiy tarkibini mavsum ochilishidan oldin Tashkiliy Qo‘mita belgilaydi. hakamlar hay’ati aniq kvalifikatsiyani egallagan bo‘lishlari kerak (faqat Tashkiliy Qo‘mita qarori bilan). Doimiy hakamlar hay’ati a’zoligidan fors-major holatlarda yoki hakamlar hay’ati azosining intizomsizligi sabab Tashkiliy Qo‘mita qarori bilan chetlashtiriladi.

Hakamlar hay’ati qabul qilgan qaror so‘ngi hisoblanadi va qayta ko‘rilishi mumkin emas.

Ko‘rik-tanlov ijodiy prinsiplariga to‘g‘ri kelmaydigan xamda jamoaning o‘zi tarafidan ishlab chiqilmagan dasturlarini QVZ “OMAD” ligasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar sahnasiga olib chiqmaslik maqsadida muharririyat o‘tkaziladi. Muharrir bunday turdagi materiallarni taqiqlab qo‘yishi mumkin, muxarrir qarori xal qiluvchi hisoblanadi.

Muharrir (shu jumladan bosh muharrir) Tashkiliy Qo‘mita ishchi guruhi qarori bilan tayinlanadi.

Tanlovlarda jamoa matnning to‘liq ko‘rib chiqilishi Ishchi guruh belgilagan vaqtdan kech bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.

Tanlovlarda jamoalarga ma’lum vaqt beriladi, bu vaqtdan oshgan jamoalarga jarima bali solinadi. Vaqt limiti va jarimalar Ishchi guruh qarori bilan belgilanadi, amalda qo‘llanilishi nazorat qilinadi.

O‘yin va ijodiy tartib-intizomni saqlash, hamda mazkur qoidalarni buzgan jamoalarni jazolash maqsadida ma’muriy javobgarlik va hattoki Ishchi guruh qarori bilan jamoani o‘yindan chiqarib yuborilishi qo‘llaniladi.

Mavsum jadvali

Mavsum o‘tkazish jadvali Tashkiliy qo‘mita qarori bilan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi “OMAD” ligasi viloyat chempioni nomiga o‘yinlar belgilanadi. Shu bilan birga mavsumiy o‘yinlar hamda qatnashadigan jamoalar soni belgilanadi.

Tashkiliy qo‘mita chempionat chegarasidan tashqari tadbirlarni belgilash huquqiga ega, bu tadbirlarda Ishchi guruh tomonidan tanlab olingan mavsumda qatnashadigan jamoalarning ishtirok etishlari shart.

Har bir bosqichda ishtirok etadigan jamoalar tarkibi g‘olib bo‘lgan jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi va jadval asosida Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi. O‘yinda qatnashish tartibi qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Viloyat chempionligini qo‘lga kiritgan jamoa “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanma sohibiga aylanadi.


Report Page