QUTAYBA IBN MUSLIM MAQBARASI
Turizmni rivojlantirish institutiAndijon viloyatining Jalaquduq tumani Qilichmozor mahallasida arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim nomi bilan ataladigan ziyoratgoh bor. Mahalliy aholi va mehmonlar ushbu qadamjoni tez-tez ziyorat qilgani keladilar.
Bu maskan haqida xalq orasida turli afsona va rivoyatlar ham tarqalgan. Aytishlaricha, Qutayba ibn Muslim mangu qo‘nim topgan ziyoratgohdagi qayrag‘och tanasidan tomib turuvchi sharbat insonga tetiklik baxsh etarmish. Niyat va ixlos qilgan odamlar ko‘p xastaliklarga shifo topisharmish. Shuning uchun bu yerda ziyoratchilar juda ko'p.
Ayni paytga qadar turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan tarixiy shaxslardan biri ham aynan Qutayba ibn Muslimdir. Xo‘sh, bu tarixiy shaxs kim o‘zi?
Ulamolarimiz zikr etganidek yurtimizning islom nuri bilan munavvar etilishiga hissa qo‘shgan, qat’iyatli, irodali, odil va oqil sarkardami?
Tarixchi olim Muhammad Narshaxiyning yozishicha, hazrati Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd al-Xayr milodiy 661-yilda Shomning Boxiliy degan joyida tavallud topgan. Manbalarga ko‘ra, u intizomli, iste’dodli, qat’iyatli va irodasi mustahkam sarkarda bo‘lgan. Har qanday ishni maslahat ila amalga oshirgan. U Boxiliyning arab qabilasidan chiqqan. Qutayba hali yoshligida o'zining jasorati va strategiya nuqtai nazaridan yaxshi rejalashtirilgan urush olib borish qobiliyati bilan e'tiborni tortgan. U taniqli arab harbiy rahbari bo'lgan, u o'zining tashkiliy mahorati va harbiy mahorati tufayli 704-yilda Xurosonga noib (gubernator) etib tayinlangan. Hozirgi Eronning Sharqiy qismi bo'lgan Xuroson o'sha yillarda xalifalikning so'nggi tayanch punkti bo'lgan. U O'rta Osiyoda arablar istilosining asosiy tashkilotchisi va ijrochisi bo'lgan. U Mavorounnahrni zabt etishda ajoyib muvaffaqiyatlarga erishgan. Markaziy Osiyoga uzoq vaqt davomida xalifalik hududi va unga qo'shilmagan yerlar o'rtasida bo'linish chizig'i bo'lib qolgan Amudaryo orqali o'tgan. 708-yilda Kesh, 709-yilda Buxoro, 712-yilda Xorazm va Samarqand, 713-yilda Chochni qo'lga kiritgan. 714-yilda uning qo'shinlari Farg'ona vodiysini egallagan.
Ushbu mintaqalarning islomlashtirilishi Qutayba ibn Muslim nomi bilan bog'liq. Bu Buxorodan boshlangan. U qaysi shaharni zabt etsa, o‘sha yerda masjid, madrasa va minoralar qurdirgan. Movarounnahrdagi ilk masjid ham uning boshchiligida, Buxoro shahrida 712-yilda qurilgan. Bugungi kungacha yetib kelgan Samarqanddagi Hazrati Xizr masjidi ham aynan uning ko‘rsatmasiga binoan tiklangan ekan. Juma namozi marosimni va ibodat so'zlarini bilmagan, yangi qabul qilingan buxoroliklar ishtirokida o'tkazila boshlandi - buni yo'q qilish uchun Qur'on tafsiri fors tilida amalga oshirildi, marosim shu tilda tushuntirildi.
Umrining oxirida u 13 yil Movarounnahr hukmdori bo'lib, 48 yoshida Islom dushmanlari tomonidan o'ldirilgan.
Yana bir tarixiy hikoyaga ko'ra, u Xurosonda, boshqa bir manbaaga ko'ra 715-yilda Farg'onada o'ldirilgan. Ushbu ma'lumotlar bir-biriga zid emas, chunki o'sha paytda Farg'ona vodiysi Xuroson davlati tarkibida bo'lgan. Markaziy Osiyoda Qutayba ibn Muslimning bir necha maqbaralari mavjud. Qaysi biri haqiqiy ekanligi hanuzgacha noma'lum.
Rivoyatlarga ko'ra, Qutayba qabri ustidagi maqbara Amir Temur buyrug'i bilan samarqandlik me'morlar tomonidan tiklangan. Maqbara ulkan va 5 gektar yerga cho'zilgan, balandligi 20 metrga yetgan. Biroq, Sovet davrida, 1935-yilda, dinga qarshi targ'ibot paytida, u yo'q qilingan. Mustaqillik yillarida maqbara yana tiklandi. Bugungi kunda bu g'ishtdan qurilgan kichik bino bo'lib, old tomonida keng o’q shakldagi kirish eshigi ko’rinib turadi. Asosiy jabha pastki va yuqori qismlari bo'ylab o'tadigan kichik dekorativ g'isht ishlari bilan ajralib turadi.
Ushbu maqbaraning musulmonlar orasida mashhurligini inobatga olgan holda, mahalliy hokimiyat yaqinda ziyoratchilar hududini obod qilishni boshladi.
USLUBIY TAVSIYALAR:
1. Bino to'liq ko'rinishi uchun yaxshi joy tanlang.
2. Maqbaraga kirishdan oldin sayyohlarni oyoq kiyimlarini yechib olishlarini so’rang.
3. Sayyohlarni mustaqil aylanishi va suratga olishi uchun 10-15 daqiqa taqdim eting.
Matn muallifi: Azarenko E., - birinchi toifali gid.
Tarjimon: To’rayev S., - ikkinchi darajali gid.
Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti
👉 Join it: https://t.me/guide_portfolio