QS-300 Malaya universiteti doktorantlari o‘zbek milliy musiqasi bo’yicha tadqiqot olib borishadi

QS-300 Malaya universiteti doktorantlari o‘zbek milliy musiqasi bo’yicha tadqiqot olib borishadi


QS-300 Malaya universiteti bilan o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatildi

Xizmat safari bilan Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda bo‘lib turgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.v.b. Eldor Shermanov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatdagi nufuzli oliygohlardan biri - Malaya universitetiga ham tashrif buyurib, hamkorlik shartnomalari imzoladi.

Dunyo reytingida 200-o‘rinda turadigan Malaya ta’lim muassasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Jumladan, oliygoh rahbariyati bilan tashkil etilgan xalqaro hamkorlik uchrashuvi mobaynida ikki tomon manfaatlariga asoslangan bir qator madaniy almashinuv dasturlari, kelgusida tomonlar xalqaro 1+1 magistrlik dasturi asosida magistrlarni o‘qitish, qo‘shma dastur bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilari va talabalar almashinuvi kelishib olindi.

Universitetda musiqa fakulteti mavjud, shu bois, asosan maqom, baxshichilik yo‘nalishlarida juda qiziqish yuqori ekani ta’kidlandi. Malaya universiteti doktorantlari o‘zbek milliy musiqasining maqom, cholg’u, katta ashula, dostonchilik va baxshichilik yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borishga kelishildi. Kelajakda esa qo‘shma konsertlar qo‘yish, O‘zbekistonda tashkil etiladigan xalqaro festivallarda ishtirok etish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Qolaversa, bizning institut professor-o‘qituvchilari Malaya universitetida doktorlik disertatsiyalari yoqlashi uchun alohida kvota ajratilishi, ayniqsa quvonarli bo‘ldi.

Ikki tomonlama hamkorlikka ko‘ra, O‘zMMSI o‘qituvchilari ilmiy tadqiqoti uchun alohida imkoniyat yaratiladi. Malaya universiteti vakillari yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurishini, institut bilan kelajakda katta rejalar qilinishini qayd etdi. Muloqot O‘zbekiston va Malayziya talaba yoshlari tomonidan tashkil etilgan musiqasi kecha bilan yakuniga yetdi. 




Report Page