QOVOQLI MANTI

QOVOQLI MANTI

☆Ўзбек▪Миллий▪Таомлари☆
Qovoqli manti

Qovoqlarning ayni mavsumida ulardan tayyorlangan, yumshoqina, og’izda erib ketuvchi mantilarga nima deysiz?! Bunday taom juda to’yimli bo’lib, tayyorlash jarayoni ham unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.

Bundan tashqari bug’da pishirilgan qovoq juda foydali hisoblanar ekan.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

@uzbek_taomlari

 Masalliqlar:

XAMIRIGA:

500 gramm un
1 dona tuxum
250 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i

ASOSIGA:

800 gramm qovoq
300 gramm piyoz
150 gramm dumba yog'i 
ta'bga qarab tuz va murch

Qadam 1

Xamir qorib olamiz

Tog'orachaga unni elab solamiz.

Qadam 2

Alohida idishga iliq suv, 1 osh qoshiq o'simlik yog'i, tuz va tuxumni solib aralashtiramiz va unning ustidan solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 3

Xamirni 5-7 daqiqa yaxshilab mushtlaymiz.

Qadam 4

Xamirni yelim xaltaga solib, 30-40 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 5

Asosini tayyorlaymiz

Qovoqni tozalab, mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 6

Piyozni ham xuddi shunday mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 7

Dumba yog'ini juda mayda to'g'rasangiz, mazaliroq chiqadi. Dumba yog'ining o'rniga 2 osh qoshiq o'simlik yog'idan solish ham mumkin.

Qadam 8

Hammasini bitta idishga solamiz, ustidan tuz va murch sepib aralashtiramiz.

Qadam 9

Xamirni 2-3 bo'lakka bo'lamiz va yupqa, 1-2 mm qilib yoyib olamiz. So'ng ulardan 10-12 sm kattalikdagi to'rtburchaklar kesib olamiz.

Qadam 10

O'rtasiga 1 osh qoshiqdan asosdan solib, avval uchlarini dioganal bo'ylab tugamiz, so'ng ichlarini o'rtaga birlashtiramiz.

Qadam 11

Kosachaga yog' solamiz, mantilarni ostini yog'lab, mantiqosqonga teramiz.

Qadam 12



Qaynayotgan suv ustiga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Smetana, suzma yoki kefir bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

@uzbek_taomlari

☆Ўзбек▪Миллий▪Таомлари☆

Ⓜ️Manba; Zira.uz

Report Page