“QO’SHTUT” MAHALLASIDA TARG’IBOT TADBIRI BO’LIB O’TDI

O’zbekiston Rezpublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 29 - apreldagi farmoyishining ijrosini ta’minlash uchun hamda 2021- 2022 - yillar kuz – qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialining joylardagi bo’limlari tomonidan tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, “Olmazortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi mutaxassislari “Qo’shtut” mahallasida navbatdagi targ’ibot tadbirini o’tkazdi. Tadbirdan ko’zlangan maqsad, is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda gaz jihozlaridan to’g’ri foydalanish lozimligini aholiga tushuntirish. Nafaqat aholi xonadonlarida, balki jamoat joylarida ham bu kabi amaliy ishlar olib borilmoqda. Har bir iste’molchi tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilsa ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelmaydi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati