QORA UCHLIK

QORA UCHLIK

Doston Kasimoff MD

Agar ulardan: "Eng qora tabiat kimga tegishli?", - deb so'ralsa Nartsiss: "Men", Psixopat: "Menga po**y", Makiavelli esa: "Bu kimsa, men kim bo'lishni istasam o'sha", - deb javob bergan bo'lardi. Ushbu uchlikni aniqlashga qaratilgan psixologik testlardan kim yuqori ball olsa, u katta ehtimol bilan kelajakda jinoyat sodir qiladi, yoki, ijtimoiy muammolar keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham bu "QORA UCHLIK" ni aniqlash xavfsizlik organlari, psixologiya va biznesda katta ahamiyatga ega.

Nartsiss hokimiyat va ustunlikni namoyon qiladi.

Unga rohatlanishdan boshqa hech narsa kerak emas. O'ziga keraklisini olganidan keyin, boshqa insonlar unga kerak bo'lmay qoladi. U faqat o'zi haqida qayg'uradi. Bularning barchasi o'z mavqeyini - statusini oshirish uchun qilinadi. Shuning uchun ham u muvaffaqiyatli insonlar bilan do'stlashishga harakat qiladi.

Bundan insonlar tashqaridan qaraganda o'ziga ortiqcha ko'ngil qo'yganday va egosi shishirilganday tuyuladi. Buning ostida esa, yarim ko'ngillik yotadi. Ular o'zlari yasab olgan ideal "Men"lariga zarar yetmasligi uchun xatolarini tan olishmaydi, shuning uchun ham yolg'on gapirishadi va o'zgalarni ayblashadi.

Makiavellistlar sovuq va beodoblik bilan muomala qilishadi.

Ularga pul, boylik va g'alabalar muhim. O'z istaklariga erishish uchun ular kishilarni manipulyatsiya qilishadi. Agar manipulyatsiya yordam bermasa, o'g'irlik qilish va sotqinlik qilishdan ham tonishmaydi. Boshqalarni haqorat qilish esa ularning asosiy ish quroli.

Psixopat tashqaridan oddiy insonday ko'rinishi mumkin

Sovuqqon, impulsiv xarakterga ega va hayajonli taassurotlardan rohatladi. Psixopatlar emotsional bog'lanishga qodir emas. Natijada ularda umuman hamdardlik hissi uyg'onmaydi.

Analiz

Tadqiqotlar natijasida QORA UCHLIK ayollardan ko'ra erkaklarda ko'proq uchrashi aniqlangan. Klinikada Nartsissizm hamda Psixopatiya - ruhiy buzilishlar qatoriga kiritilgan, Makiavellizm esa - yo'q. Aslida, yuqoridagilarning barchasi har bir insonda bor xususiyatlar. Shunchaki kimdirda ular yuzaga chiqishi uchun optimal vaziyat bo'ladi. Kimdirda esa yo'q. Bu ruhiy belgilarni nazorat qilish esa har kimning o'z qo'lida.

KANAL MANZILI:

https://t.me/+U_s0kVtd-8AIq1GQ

Report Page