QONUNLAR IJROSI O‘RGANILDI

Bilamizki, qonun hamisha ijrosi bilan ustuvordir. Muhtaram yurtboshimiz tomonlaridan amalga oshirilayotgan islohotlar bugun inson qadriga qaratilgani ham bejiz emas.
Ma'naviy-ma'rifiy hamda Davlat tili to‘g‘risidagi islohotlar ham shular sirasiga kiradi.
Tuman hokimi maslahatchisi Z. Ergasheva, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro tuman bo‘linmasi rahbari J. Aslonovlar tuman Moliya bo‘limida bo‘lib, ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonunlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni maqsadli o‘rganishdi.


Tuman moliya bo‘limi rahbari, yetakchi mutaxassislari ishtirokida har ikkala mavzu yuzasidan fikrlar va aniq topshiriqlar berildi.
Bo‘limda har ikkala sohaga mas'ul xodim birkitilgan, burchaklar, kitob javonlari tashkil etilgan bo‘lib, hujjatlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritiliishi ta'minlangan.


Moliya bo‘limi rahbari Sh. Karimov nazorati ostida ishlar tizimli yuritilgan.


Xulosa esa bitta: ma'naviyatni, davlat tili siyosatini yuksaltirish, avvalo, har bir inson qalbidan boshlanadi.E'tiborlilik, mas'uliyatlilik esa, shubhasiz, samarali natija kafolatidir.