QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH


75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish

Vazifalar: Qonun loyihalarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida ko‘rib chiqish va qabul qilish tartibini takomillashtirish.

Amaliy chora tadbirlar: Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish amaliyotini takomillashtirish, qo‘mitada qonun loyihasi bo‘yicha muhokamalarni tashkil etish va qarorlarni ovoz berish orqali qabul qilishning aniq tartibini belgilash, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida uni moddama-modda ko‘rib chiqish tartibini joriy etish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi


77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish

Vazifalar: Fuqarolarning biografik va biometrik ma’lumotlarini yig‘ishga mo‘ljallangan zamonaviy mobil qurilmalarni xarid qilish, ular uchun yangi dasturiy ta’minot ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora tadbirlar:  Mobil qurilmalarga yangi dasturiy ta’minot yaratish uchun texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Adliya Vazirligi

Vazifalar: Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining ma’lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimini joriy etish.

Amaliy chora tadbirlar:  Jismoniy shaxsning yuz qiyofasidan uning shaxsini identifikatsiya qilish imkonini beradigan “Face ID” tizimini sinovdan o‘tkazish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Adliya Vazirligi

Vazifalar: Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish.

Amaliy chora tadbirlar:  

  • Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha axborot tizimlarida blank shakllarini va arizalarni avtomatik tarzda to‘ldirish imkoniyatini yaratish.
  • Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi idoralarda QR-kodlarni joylashtirib, ushbu QR-kodlarni skaner qilish orqali fuqarolarga avtomatik tarzda arizalarni shakllantirish va to‘ldirish bo‘yicha choralarni ko‘rish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Adliya Vazirligi


80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish

Vazifalar: Normativ-huquqiy hujjatlarda gender tengligi tamoyilini amalda ta’minlash.

Amaliy chora tadbirlar: Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, 2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizasini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni tashkil etish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Adliya vazirligi


81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish

Vazifalar: Davlat fuqarolik xizmatiga kirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovlarda imkoniyati cheklangan shaxslar ishtiroki uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish.

Amaliy chora tadbirlar: Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida (vacancy.argos.uz) imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnik imkoniyatlarni yaratish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi


87-maqsad. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish.

Vazifalar: Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash tizimini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish.

Amaliy chora tadbirlar: Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatida “E-probasiya” elektron axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Ichki ishlar vazirligi



Report Page