⁉️♻️QONUN BARCHA UCHUN BAROBAR
Ishtixon tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari va tuman IIB xodimlari hamkorligida nazorat tadbirlari olib borildi.
Tadbir jarayonida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosining muhofaza qilish mintaqasidan Toyloq tumani “G‘o‘lba” mahallasida yashovchi fuqaro D.M tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘ziga tegishli bo‘lgan ekskavator yordamida yovvoyi holda o‘suvchi buta (yulg‘un, jiyda)larni tomiri bilan qo‘porib tashlashi oqibatida, o‘simlik dunyosiga jiddiy ziyon yetkazayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat bilan O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi va "Muhofaza yetiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi Qonunlarning tegishli moddalari talablarini qo‘pol tarzda buzganligi hisobga olinib, ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblashning 10 barobari miqdorida, ya’ni 3 mln 300 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilib, 495 ming so‘m zarar hisoblandi.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga qo‘shiling👇👇
https://t.me/econewssamarqand