QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI

QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI


Keyingi yillarda oziq-ovqat xavfsizligi jahon hamjamiyati oldidagi eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Iqlimning keskin o‘zgarishi natijasida ro‘y berayotgan tabiiy ofatlar, suv taqchilligi, qurg‘oqchilik kabi omillar ta’siri vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Buning natijasida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin ko‘tarilish holati kuzatilyapti.

Muammoni sohani yangi innovatsion texnologiyalar hamda ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish orqali yechish mumkinmi?

22-23-may kunlari “Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda soha mutaxassislari ana shu muammo yuzasidan o‘z tadqiqotlari va ilmiy izlanishlari bilan o‘rtoqlashmoqda.  

Xalqaro anjumanni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov ochib berdi va barcha mehmonlarni qutladi. Rektor konferensiya mavzusining ayni kundagi dolzarbligi, bu borada ta’lim maskanida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi, shuningdek, hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qilinayotgan hamkorliklar xususida so‘zladi.

Xalqaro konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Eron Islom Respublikasidan soha mutaxassislari, yosh olim va tadqiqotchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi Fan va ta'lim sohasini rivojlantirish boshqarma boshlig'i o'rinbosari v.f.d., professor S.Mavlonov, O'zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo'mitasi raisi, q.x.f.d., professor A.Hamzayev, "Государственный Аграрный Университет МСХА имени К.Тимирязева", д.б.н., профессор М.Мазиров, O'zbekiston milliy universiteti b.f.d., Oliy attestatsiya komissiyasining jamoatchilik kengashi raisi, professor L.Gafurova, Казахского Национального аграрного исследовательского университета Ж.Бакенова, Tehron shahri "ARIASHIMI" kompaniyasi bosh mutaxasisi, olim-agronom Javod Kobe (Eron Islom Respublikasi), TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori B.Xudoyarov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti t.f.n. dotsent Dj.Alijanov SamDVMCHBU t.f.n., dotsent A.Jaxangirov hamda SamDVMCHBU tayanch doktoranti A.Akramov tomonidan ilgari surilgan fikrlar va tadqiqotlar natijalari shular jumlasidandir.

Xalqaro konferensiyada qishloq xo‘jaligi muammolari, chorvachilik, o‘simlikshunoslik, ekologiya, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalar, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni yanada kengaytirishga alohida ahamiyat berish, soxada ilmiy xamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Konferensiya ishida Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish" kafedrasi q.x.f.f.d., PhD N.Boboyeva koordinatorlik qildi.

Anjumanda mutaxassislar ishtirokida ko‘rib o‘tilgan masalalar va takliflar oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi. Tadbir jarayonida bu alohida qayd etildi. 

Konferensiya sho'balarga bo'lingan holda davom etmoqda...


Axborot xizmati

Report Page