QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI BILAN YANGI LOYIHALAR

QIRG‘IZ RЕSPUBLIKASI BILAN YANGI LOYIHALAR

"O`zcharmsanoat" uyushmasi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Qirg‘iz Respublikasi vazirlar mahkamasi raisi- Prezident administratsiyasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya tarkibida ishchi tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan mazkur mamlakat veterenariya xizmati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokarlar chog‘ida joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iz Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifi chog‘ida teri va junni qayta ishlash, avtomatlashtirilgan kushxonalarni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha erishilgan dastlabki kelishuvlarni hayotga joriy qilishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Takidlash kerak, bugungi kunda avtomatlashtirilgan kushxonalarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish faol davom etmoqda. 2023 yil yakuniga qadar Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l, O‘sh, Jalolobod viloyatlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan texnologiyalar asosida 28 ta avtomatlashtirilgan kushxonalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar ularning 10 tasi ishga tushdi.

Tomonlar yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlarni muhokama qilishdi. Qayd etish kerak, Qirg‘iz Respublikasi yaqin yillarda mamlakatimiz korxonalari bilan junni qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Ayni jihatlarni nazarda tutgan xolda Qirg‘iz tomoni O‘zbekistonning tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetkachilik tajribasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Mamlakatimizda yirik va mayda shoxli qoramol terisining 89,7 foizi qayta ishlanib, 2022 yil yakuni bilan 2,2 trillion kvadrat metr charm ishlab chiqarilgan. Teri va junni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston tajribasi bilan yaqindan tanishish maqsadida qirg‘izistonlik hamkorlar uchun Farg‘ona viloyatiga biznes-tur tashkil etiladi.

Shuningdek, uchrashuvda mamlakatimizdagi charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashgan KSZlarida Qirg‘iziston kapitali asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida ishchi guruh tuzilib, yo‘l xaritasini ishlab chiqish yuzasidan qaror qabul qilindi.



Report Page