QAYG‘USIZ ABDOLNING “VUJUDNOMA” ASARI VA UNDA UCHRAYDIGAN TASAVVUFIY TIMSOLLAR TAHLILI

QAYG‘USIZ ABDOLNING “VUJUDNOMA” ASARI VA UNDA UCHRAYDIGAN TASAVVUFIY TIMSOLLAR TAHLILI

Safartosheva Shalola Aktam qizi, ChDPU 2-bosqich magistranti, ilmiy rahbar: f.f.d. Rahmonova Adiba Davlatova


Annotatsiya. Ushbu maqolada noma janri etimologiyasi va turk tasavvuf adabiyotining yirik vakili Qayg‘usiz Abdolning “Vujudnoma” asari borasida, unda uchraydigan tasavvufiy tushunchalar haqida gap boradi.

Kalit so‘zlar: Noma, “Vujudnoma”, tasavvuf, Qayg‘usiz Abdol, yetti sayyora, o‘n ikki burch, tasavvufiy istilohlar, inson tana a’zolarining uhroviy vazifalari.

Abstract. This article discusses the etymology of the noma genre and the work “Vujudnoma” by Kayguziz Abdol, a major representative of Turkish mystical literature, and the mystical concepts found in it.

Keywords: Noma, “Vujudnama”, Sufism, Careless Abdol, seven planets, twelve duties, Sufi concepts, heavenly functions of human body parts.

Sharq mumtoz adabiyotida juda ko‘plab janrlar qatori noma janri ham o‘z o‘rniga ega janrlardan hisoblanadi. Adabiyotda hayotiy yoki xayoliy-to‘qima obrazga, shaxsga qarata she’riy maktub tarzida yoziladigan badiiy asar turi hisoblanadi. “Noma” atamasiga “Navoiy asarlari lug’ati”da quyidagicha ta’rif berilgan: “Noma - xat, maktub; risola; Nomai iqbol - mehribonchilik xati; xursandchilik xati; Noma sabt etmak – xat yozmoq; Nomai ahmol amallar(tiriklikda qilingan yaxshi, yomon–gunoh, savob ishlar) yozuvi.” Nomaning ilk ko‘rinishlari O‘rta Osiyo tarixida yozuv paydo bo‘lmasdan ilgari buyumlar vositasida ham ifodalangan. Bunga misol sifatida skiflar shohi Idanfrisning Eron shohi Doroga yuborgan buyumlar — kamon o‘qi, baqa, sichqon va qushdan iborat o‘ziga xos “maktub”ini eslash kifoya. Bu singari maktublarning tarixi juda qadimiydir. Nomaning ildizlarini yana xalq og‘zaki ijodida uchraydi(“Alpomish” dostonida Barchinning Alpomishga maktubi). XIV asr oxiri XV asr boshlarida o‘zbek mumtoz adabiyotida nomachilik va munozara janrlari keng rivojlandi. Bizga ma’lumki mumtoz adabiyotda noma janri dastlab forsiy adabiyotda shakllangan. Uning dastlabki shakllari X-XII asrda shakllangan edi. Ularga misol qilib diniy-tarixiy asar “Xudoynoma”, “Shohnoma” kabi asarlarini keltirishimiz mumkin. Shundan keyin o‘zbek mumtoz adabiyotida ham noma janri keng qo‘llanila boshlandi. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit-turk” asarida “irqish” so‘ziga “maktub”, “noma” deya ta’rif beradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida Kuntug‘di elig tog‘dagi g‘orda zohidona hayot kechirayotgan O‘zg‘urmishga maktub yuborib, u bilan uchrashib, suhbatlashishni ixtiyor qilganini yozadi. Kuntug‘dining bu xati ham noma janrining bir ko‘rinishidir. Umuman, noma janri Markaziy Osiyo xalqlarining maishiy, ma’naviy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan. Keyingi asrlarda Is’hoq Xorazmiyning dunyoviy lirikani tarannum etgan “Muhabbatnoma” asari, Xo‘jandiyning “Latofatnoma” Said Ahmadning “Taashhuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma” Said Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” kabi asarlari paydo bo‘ladi. XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmidan nomachilik janrida yaratilgan asarlarda o‘z davrining hayoti, insonlarning orzu-intilishlari o‘z ifodasini topgan bo’lib, ularda vatanparvarlik, adolat va tenglik, muhabbat va sadoqat tarannum etilgan.

Qardosh bo‘lgan turk xalq adabiyotida ham noma shakli namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Turk adabiyotida diniy-tasavvufiy asar turlaridan biri hisoblanib, uning bir qancha turlari va nomlanishlari uchraydi. Biz tahlilha tortmoqchi bo‘lgan vujudnoma janri ham shulardan biri bo‘lib, o‘ziga xos shartlari mavjuddir. Janr nomining o‘zagi “vujud” atamasi izohli lug‘atlarda(O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2020, 470-b) “topilma”, “bor bo‘lma”, “borlik”; “inson yoki hayvon gavdasi, tana” tushunchalarini, tasavvufiy anglamda esa “insonning Alloh tomonidan yaratilishi, Tangrining butun go‘zalliklarini insonda namoyon bo‘lishi”ni bildiradi. Diniy-tasavvufiy turk adabiyotida nazm va nasr shaklida uchraydigan vujudnomalar vujudning Lavhul Mahfuzdan boshlanib ona vujudiga dohil bo‘lmog‘i va undan keyingi rivojlanishining butun davrini bosqichma-bosqich o‘z ichiga oladi. Ushbu o‘rinda Qayg‘usiz Abdolning nasriy usulda yozilgan yozilgan “Vujudnoma”si bu turning eng ahamiyatli va yorqin namunasidir. Vujudnomalar umumiy holatlarda boshqa noma shaklidagi asarlarning yoki tasavvufiy asarning bir bo‘limi sifatida 10-15 sahifadan oshmagan kichik bir risola shaklida uchraydi. Tasavvufiy mohiyat tashigan bu asarlarda hurufiylikning izlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu asarlarda inson o‘g‘lining ona vujudiga tushishidan keyingi maydonga keladigan o‘zgarishlarni diniy tomonlama ochiqlanadi, xulosalanadi. Inson vujudining va tana a’zolarining, avvalo, tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan holdagi vazifasini siralagandan keyin ularning ma’naviy vazifalariga e’tibor qaratiladi. Ayricha olib bu tana a’zolarining har birini ahli bayt (https://ansiklopedi.tubitak.gov.tr/ansiklopedi/ehl_i_beyt) bilan va ularning sifatlari bilan eshlashtirib izohlash ham uchraydi. Misol uchun, “O‘ng ko‘z Hazrati Hasandir, sol ko‘z Hazrati Husayndir, peshona esa Fotimani ifoda etar” shaklida ifodalar uchraydi.

Vujudnomalarning yana bir tarozi bosadigan mavzusi bo‘yicha o‘ziga xosligi inson nafsining martabalari va ularning alohida xususiyatlari, bir insonning bu martabalarni bosqichma-bosqich oshib o‘tish yo‘llarini ko‘rsatilishidir. Fikrlaning oyatlar va hadislar bilan quvvatlanshi e’tiqodiy bir mohiyat kasb etadi. Bu asarlar inson vujudidan mohiyat yo‘liga chiqib Allohning borligini va birligini anglashni, anglatmoqni maqsad qildi. Shu kungacha ma’lum bo‘lgan va o‘rganilgan vujudnomalar “Arkonnoma”larning(https://ansiklopedi.tubitak.gov.tr/ansiklopedi/ erkânname) bir turi yoki alohida bo‘limini tashkil eradi. Bir darveshning amal qilishi, bo‘ysunishi kerak bo‘lgan qonun-qoidalarni bir-bir anglatadi. Buning yonida o‘n ikki imom va ahli baytning shaxsiyatlari va hayoti asar boshdan oxirigacha ora-orada keltirilib, ochiqlanib beriladi. Bundan tashqari arkonnomalarda bo‘lgani kabi vujudnomalarda ham motom marsiyasi deb ataladigan bo‘lim uchraydi. Diniy-tasavvufiy turk adabiyotidagi vujudnoma an’anasini Oshiq Tarzi “yoshnoma” deya otlantirib, o‘ziga yarasha bu janrga yangiliklar kiritadi. Jumladan, nom o‘zgarishi birinchisi bo‘lsa, ikkinchisi sifatida yoshnomalarda aniq bir tarixiy shaxs hayotining yoritilishini keltirishimiz mumkin. Turk adabiyotida Qayg‘usiz Abdol, Sulaymon Chalabiy, Ozoriy, Oshiq Vartan ijodida vujudnoma namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Lekin o‘rganilgan vujudnomalar ba’zi manbalarda “yoshnoma” nomida ham kelgan. Qayg‘usiz Abdolning “Vujudnoma”si bu turning ilmiyligi jihatidan boshqa namunalardan ustun turadi. “Vujudnoma”ning bizgacha yetib kelgan olti nusxasi mavjud. Ulardan ikkitasi Anqara bosh kutubxonasida, uchtasi Istanbul shahrida: Istanbul Belediya kutubxonasida, Istanbul Unversitetida, Milliy kutubxonada, yana biri esa Germaniyada saqlanadi. Qayg‘usiz Abdol inson o‘g‘lining yaratilishini tasvirlashda Qur’on oyatlari va Hadislardan keltirilgan diniy-tasavvufiy bilgilar bilan tibbiy, anatomik va biologik bilimlardan qorishiq holatda foydalangan. Bu asarning bosh g‘oyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglab olish uchun “Mo‘minun” surasining 12-13-14-oyatlariga murojat qilishimiz kerak.

Oyatdagi homilaning rivojlanish bosqichlari voqealikda aynan Qur’onda ko‘rsatilgandek ekanini hozirgi ilmiy kashfiyotlar ham tasdiq etmoqda. Bu borada dunyoning yirik olimlari talay ilmiy izlanishlar natijasida, Qur’oni karimning ilohiy mo‘jiza ekanini yana bir bor isbotladilar.

Qur’ondagi ifodalarga ko‘ra, insonning moddiy va ruhiy hayotini to‘qqiz bosqichga bo‘lish mumkin, Qayg‘usiz Abdol ham buni asarda bosqichma-bosqich keltirib o‘tadi:

1.                  Loyqa; bu birinchi bosqich hisoblanib, ma’dan, o‘simlik va hayvon turlarining ham yuzaga kelishida asos hisoblanadi.

2.                  Nutfa; nutfaning ona bachadonida ildiz otishi keyingi bosqich bo‘ladi.

3.                  Alaq (arabcha “alaqa”: zuluk, osilgan narsa, laxta qon); embronni zuluk bilan solishtirganda tashqi ko‘rinishi bir xil, zulukning qonni so‘rgani kabi bu bosqichda embrion ham onaning qoni bilan oziqlanar ekan. Alaqning ikkinchi ma’nosi “osilgan narsa” bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, embrion onaning bachadonida osilgan holatda turadi. Uchinchi ma’nosi esa “laxta qon”dir, bu bosqichda embrionning tashqi ko‘rinishi qon to‘planmasiga o‘xshaydi.

4.                  Mudg‘a (arabcha: chaynalgan narsa); mudg‘a bosqichida embrion tashqi ko‘rinishidan chaynalgan narsaga o‘xshab turadi, bu bosqichda ba’zi organlar bilinar-bilinmas paydo bo‘la boshlab yurak urishni boshlaydi.

5.                  Kemik(suyak); suyaklar bu bosqichda tana go‘sht va mushaklar bilan qoplanmasdan oldin paydo bo‘ladi.

6.                  Mushak; mushak tizimi oxirida suyaklarning go‘sht bilan qoplanishi orqali tana yuzaga kelishini yakunlaydi.

7.                  Inson; inson bu bosqichda tashqi ko‘rinish va ichki tuzilish tomonlama butunlay kamolatga yetishi hamda hayot kechirishi.

8.                  O‘lim; insonning bu dunyoni tark etishi.

9.                  O‘limdan keyingi tirilish; inson o‘limidan keyin qiyomatda qayta tirilishi.

Asarda ayrim tasavvufiy istilohlar qatorida yeti sayyora, o‘n ikki burchga ham maxsus ma’nolar yuklatilib keltiriladi:

  “Vujudnoma” asarida kelgan yetti sayyora nomlari

“Vujudnoma”ga ko‘ra sayyoralarning inson yaratilishidagi vazifalari

1

Zuhal

Tarbiya etar, qon bo‘lur

2

Mirrih

Tarbiya etar, et bo‘lur

3

Zühre

Tarbiya etar, suyak bo‘lur

4

Şems

Tarbiya etar, ruh bo‘lur

5

Utarid

Tarbiya etar, harakat hosil bo‘lur

6

Kamer

Tarbiya etar, vujudga kelur

  Müşteri

Tarbiya etar, olamga kelur

(1-jadval: “Vujudnoma” asarida keltirilgan sayyora nomlari va ularning inson yaratilishidagi vazifalari)

 

O‘n ikki burchning har biri inson vujudining a’zolariga birma-bir qarshilashtiriladi:

O‘n ikki burchning har birini inson a’zolariga qarshilantirilishi

Bosh

Hamal(qo‘y)

Qorin

Mezon(tarozi)

Peshona

Saraton(qisqichbaqa)

Put

Qavs(o‘qotar)

Qo‘llar

Savr(buzoq)

Qovuq

Sunbula(parizod)

Kaftlar

Javzo(egizaklar)

Zakar\olot

Aqrab(chayon)

Ko‘ks

Asad(arslon)

Tizzalar

Jadiy(tog‘ echkisi)

Boldirlar

Davl(qovg‘a)

Tovon

Hut(baliq)

(2-jadval: “Vujudnoma” asarida keltirilgan o‘n ikki burch nomlarining inson a’zolariga qarshilantirilishi)

  Undan keyin Qayg‘usiz Abdol inson o‘g‘lining zohiridagi burun, og‘iz, quloq, qo‘l, oyoq, ko‘z, yuz kabi va botinidagi hayol, aql, fikr, fahm, hifz, vahim, zabt etmoq kabi xususiyatlarini yettita-yettita keltirib asosiy vazifalarini aytib o‘tadi.

Tasavvufda inson ruhining ba’zi maqomatlari mavjud bo‘lib, muallif ularni keyingi o‘rinda sanab o‘tadi:

· Ruhi nabotiy, suvga aloqador;

· Ruhi hayvoniy, yemekka aloqador, yemek quvvatidir, tuproqqa oid;

· Ruhi insoniy, ishqqa aloqador. Ishq suvga va otashga oid;

· Ruhi malakiy; Haq qudratiga aloqador, rihga ozuqa kabi voqea bo‘lmish.

Keyin odamda bo‘lgan nafs martabalariga yuzlanadi va ulardan faqat to‘rttasini sanab o‘tadi:

“Vujudnoma”da keltirilgan nafs martabalarining tabiiy unsurlarga va malaklarga qiyosi

Nafsi ammora

Otash kabidir

Azroil

Nafsi lavvoma

Suv kabidir

Mikoil

Nafsi hanika yoki nafsi mutmainna

Yel kabidir

Isrofil

Nafsi mulhima

Tuproq kabidir

Jabroil

(3-jadval: “Vujudnoma” asarida keltirilgan nafs martabalari)

  Islomdagi to‘rt bosh farishtalarni bundan tashqari boshqa o‘rinlarda ham keltirib o‘tadi. Bunda quloq – Mikoilga, burun – Isrofilga, ko‘z – Azroliga, og‘iz – Jabroilga muqobil qilib keltiriladi. Bilamizki, mumtoz adaiyotda nazmiy shaklda bo‘ladimi, nasriy shaklda bo‘ladimi, inson umrining bosqichlarni, ruhiy holatlarini ifodalash uchun tashbeh sifatida, albatta, fasllarga murojaat qilinadi. Qayg‘usiz ham bundan mustasno emas.

“Vujudnoma”da keltirilgan umr bosqichlarining, tasavvufdagi to‘rt maqomning fasllar bilan qiyosi(birlashtirilgan jadval)

Yoshlik

Uch oy bahor

Haqiqat

Olamdan ketmoq

Yigitlik

Uch oy yoz

Tariqat

Olamga kelmoq

Qorong‘ulik

Uch oy kuz

Ma’rifat

Olamda turmoq

Pirlik

Uch oy qish

Shariat

Ona vujudidagi davr

(4-jadval: “Vujudnoma” asarida keltirilgan umr bosqichlarining, tasavvufdagi to‘rt maqomning fasllar bilan qiyosi)

Odam vujudidagi suyak, tomir, asab tolalarining(nerv) sonini aniq son bilan keltirib o‘tadi: suyak – 366, tomir – 444, asab tolalari – 777(Üç yüz altmış altı çarşudur bâzâr, Her ne ki vardır cihanda anda var. Yediyüz yetmiş yedidür mahallesi, Âlem tolmuş ol şehrün kavgâsı). Bu muallif asarining anatomik bilimlar bilan boyitilganligini bildiradi. Keyingi navbatda murshidga bir rahbar kerakligini, o‘z holicha to‘g‘ri yo‘l topolmasligini, to‘g‘ri yo‘l topishi uchun maxsus bilimlar, ta’lim lozimligini ifoda etadi. Butun dunyoning foniy ekanligini, yolg‘iz Allohning azaliy va abadiy ekanligini “Bu âlem olmazdan evvel on sekiz bin âlem içinde Hakk Celle ve Tâlâ, kamış içinde şeker ve gülâb gibi vâki olmuştur” (Abdurrahman Güzel (2018), 204.b) shaklida bayon etadi. Qur’oni Karimdan “Niso” surasining o‘n ikkinchi oyatini keltirib: “Göklerde olanlar da, yerde olanlar da Allah'ındır. Allah her şeyi kuşatır” o‘zi aytayotgan fikrlarning dalilini keltiradi. Butun makonlarning, sifatlarning, ko‘ngillarning, olamlarning, borliklarning va shakllarning Allohga oid bo‘lganini so‘zlagandan keyin shu baytni keltiradi:

Bir bozor qurdi, azaldan har matoni qo‘ydi,

U o‘zi oldi, o‘zi sotdi – bozor ayladi (Abdurrahman Güzel, 2018, 204.b). 

Qayg‘usizga ko‘ra, “har murshidman” degan murshid bo‘la olmas. Buning uchun Tangrining “qo‘l berishi” kerakdir. Inson zoti koinotning daftaridir, Yerdagi va ko‘kdagi har narsa unda mavjuddir. Bevositaa insonning haqiqatni bilishi, anglashi uchun avval o‘rinda o‘zini bilishi, topishi kerak. Buning uchun insonning suratiga emas, uning mohiyatiga ahamiyat berishi lozim. Insoning maqsudi ne bo‘lsa, ma’budi ham shudir. Har bir inson o‘ziga savol berishi, qulmi, sultonmi anglashi lozim. Insonning o‘zini tanishi Haqni tanishi demakdir. Bu fikrni Qayg‘usiz Abdol batafsil inson daryoda g‘avvos bo‘lsa, har jihatdan ozod bo‘lib davlatni topadi. O‘ziga boqquncha ko‘rirki, o‘zi bahri muhitdir. O‘n sakkiz ming olam insonga taalluqlidir va o‘n sakkiz ming sifatdir. Olti mingi nabobatda, olti mingi hayvonatda, olti mingi insoniyatga aloqadordir. Bular ham bir-biridan ayro emas, o‘zaro bog‘liqdir, qorishiq holdadir. Tangri esa hammasini qamrab olgan. Ko‘klarda va yerda bo‘lgan har yaratiq Allohnikidir. Shuning uchun ham mahluqotlarni tilimiz va qo‘limiz ila ranjitmasligimiz zarur. Negaki ular ranjida bo‘lsa Tangri ham ranjida bo‘ladi fodalaydi

Shundan keyin Qayg‘usiz podshohlar olamini ikkiga bo‘ladi:

· Zohiriy qutblar

· Botiniy qutblar

Zohiriy qutblar - Qutub-ul aqtab, uchlar, yettilar, qirqlar, uch yuzlar va ming birlardir. “Hammasi bir ming uch yuzi ellik nafardir. Bular kecha-kunduz dunyoning to‘rt tarafini kezib yurar. Qutbi olamning sog‘ tomonida murid, sol tomonida xalifa bordir. Bularning ham ellik olti valiylari bor. Hammasi birdan olamning nizomi ustida ishlarlar. Botiniy eranlarning hollari shundaydir. Haqiqat hollarini Allohdan boshqasi bilmas – deya keltiradi”( Kaygusuz Abdal, Vücûd-nâme, 2017, vr. 7b).

Asarda “Ey Dovud, seni shubhasiz yer yuziga hukmron qildik” oyati ochiqlanadi. Unga ko‘ra hukm va hukumat insonning qo‘lidadir. Chunki inson ashrafi mahluqot, maqbuli vujuddir. Yer yuzida undan sharafliroq mahluqot yo‘qdir. U Alloh zotining mahzaridiki, boshqa vujudga bu marhamat begonadir. Alloh taolo xazinadir va Uning xazinadori odamdir deya oadmga yuksak ilohiy sharaf yuqtirilganini aytgach, keyingi o‘rinda kufr va iymon nima-yu, farqlari nimada zohir bo‘lishi haqida o‘z qarashlarini o‘ninchi bo‘limda berib o‘tadi.

Qayg‘usiz Abdolning adabiy merosida tasavvufiy tushunchalar qo‘llangan asarlar ko‘p uchraydi va atamalarning o‘ziga xos izohlari ham keltiriladi. Masalan, “inson” kalimasi arabcha so‘z bo‘lib, “unutmoq”; “olam” – Allohdan o‘zga barcha borliq; “orif” – biluvchi; “daira-i hayvonot”- moddiyat, ya’ni ko‘z bilan ko‘ra olgan moddiy olam; “daira-i qalb”- nur olami, ruhlar va malaklar o‘lkasi; “daira-i ashk” – Allohning birligi zuhur bo‘lgan oliy maqom, ya’ni islomda ta’rifi kelgan “Mahmud maqomi” kabilar shular jumlasidandir. Qisqacha tahlil qilishga urunganimiz “Vujudnoma” asari ham bunday tushunchalarga boydir, u hali to‘la, atroflicha tahlil va talqin talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyatlar:

Abdurrahman Güzel, Ali Torun (2021). Türk halk edebiyatı el kitabı, Ankara: (483-485.b). Akçağ Yayınları.

Azimova O‘. (2017). Noma janrining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, Farg‘ona.

Dilobar Davlatova Ergashevna. (2024). NOMA JANRI ASOSIDA YARATILGAN ASARLAR TAHLILI VOLUME5, International journal of scientific frsearchers, ISSUEI.

CEBECİOĞLU, Ethem (2009). Tasavvuf Terimleri ve Deyimleri Sözlüğü, İstanbul: (5.b). Ağaç Yayınları.

Rahime ÖZDEM, KAYGUSUZ ABDALIN VÜCÛD-NÂME ADLI ESERİNİN TASAVVUFÎ TAHLİLİ, Temel İslam Bilimleri Ana Bilim Dalı Yüksek Lisans Tezi. (2018). Antalya.

Rahmonov N. (2017). O‘zbek adabiyotitarixi.–T.:(94-b). Sano-standart.

ULUDAĞ, Süleyman (1988). “Ahadiyet”, Türkiye Diyanet Vakfı İslâm Ansiklopedisi, c. I, s.s. 484.

Report Page