QATTIQ KONFETLAR QUYISH LINIYASI

QATTIQ KONFETLAR QUYISH LINIYASI

PX SERVIS

Soatiga 150 kg qattiq konfetlar ishlab chiqarish liniyasi

Konfet quyish jarayoni tavsifi:

Jarayondagi birlamchi xomashyo bo'lmish shakar, 200l hajmdagi qozonga tashlanadi va bug'li isitish yordamida eritiladi. Pompali nasos yordamida shakar siropi saqlash bo'limiga uzatiladi va u yerda qaynatib, patokaga aylantirish bo'limiga yuklanadi. Pompali nasos bilan patoka turli kimyoviy qo'shimchalar bilan aralashtirish uchun mikserga yuklanadi. Xosil bo'lgan xomashyo servoagregatga jo'natiladi va servodvigatel bilan avtosozlanuvchi tezlik yordamida press-formaga quyiladi. To'ldirilgan press formalar avtomatik cho'pchalar bilan tiqib chiqilgandan keyin, sovutish kamerasiga joylashtirilib, u yerda tayyor maxsulot uch qadamli sovutishdan o'tadi.

Tayyor sovutilgan mahsulot qolipdan olinib, qadoqlash mashinasida qadoqlanadi va taraga solinib, tayyor mahsulot omborxonasiga jo'natiladi.

Texnologik jarayon sxemasi:

Asosiy texnik xarakteristikalar:

Samaradorlik: 150kg/soat

Quyish tezligi: 45-65 marta daqiqasiga

Bug' iste'moli: 250 kg/soat

Bug' bosimi: 0.6 Mpa

Elektr kuchlanish: 380V/50Hz

Umumiy quvvat: 30kWt

Report Page