QASHQADARYO VILOYATI FVB OGOHLANTIRADI
Bugun O‘zbekiston xavfsizligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishni istagan yoshlar uchun imkoniyat eshiklari ochiq.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda shahar-tuman bo'limlaridagi qutqaruvchi lavozimlariga tanlov asosida, qonuniy tartibda ishga qabul qilinadi.
Biroq, ishga kiritish bahonasida pul talab qilayotgan ayrim firibgarlar oramizda yo'q emas. Ular sizning emas, o'z manfaati yo'lida sizni notog'ri yo'lga boshlab korrupsiya jinoyatiga sherik qilmoqda.
E'tibor bering: Bu orqali ishga kirish jarayonida inson omili ishtirok etishini kamaytirishga erishamiz, tanlov faqat belgilangan tartibda, qat'iy talablar asosida o'tkaziladi. Bu tizimga kirish uchun hech qanday tanish-bilish, sovg‘a-salom kerak emas.
Xo'sh, nomzodlarga qutqaruvchi bo‘lish uchun qanday talablar qo'yiladi?
Agar siz 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lsangiz, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, sog‘lom, bo‘yingiz 170 santimetrdan past bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan yoki soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lsangiz, demak sizda imkoniyat bor. Haydovchilik guvohnomasi, ayniqsa B, S toifasidagi hujjat, 2 yillik ish staji bo‘lsa — bu sizga qo‘shimcha afzallik beradi.
Qutqaruvchi bo‘lish uchun nima qilish kerak:
Agar sizda tizim xodimiga aylanish istagi bo'lsa va talablarga mos kelsangiz:
1) Qashqadaryo FVB telegram kanaliga hoziroq ulaning;
2) Mazkur telegram kanalida ishga qabul qilish uchun e‘lon beriladi;
3) E‘lon berilgan muddat ichida shaxsingizga oid kerakli hujjatlar bilan faqatgina boshqarmaning Kadrlar bo‘limiga bevosita murojaat qiling;
4) Talablarga mos kelgan nomzodlarga sinov o‘tkazish vaqti va joyi aytiladi hamda Siz sinov topshirish uchun o‘z vaqtida kechikmasdan yetib keling.
Unutmang, Halol xizmat — halol tanlov bilan boshlanadi.
Hech qanday firibgarlar va vositachilarga ishonib vaqtingizni yo'qotmang!