QANDAY QILIB SURAT ORQALI GOOGLE’DAN MA’LUMOT IZLASH MUMKIN?

QANDAY QILIB SURAT ORQALI GOOGLE’DAN MA’LUMOT IZLASH MUMKIN?

Kamol To'xtayev

Televizorda chiroyli aktrisani koʻrib qoldingiz-u, uning na ismini bilasiz, na koʻrayotgan filmingiz nomini. Shunaqada telefoningizga uni suratga olish va Google qidiruv tizimi orqali izlab koʻrish, u haqida koʻproq ma’lumot olish mumkinligini bilasizmi? U rasmni kompyuteringizga oʻtkazsangiz, bir necha soniyalardan uning biografiyasi va boshqa suratlari qoʻlingizda boʻladi. Bu bir necha qadamda amalga oshiriladi.

1. Google Images saytini oching.

Kompyuteringizdagi biror rasm orqali internetdan ma’lumot qidirish juda oddiy. Buning uchun birinchi oʻrinda qidiruv tizimining kerakli manziliga oʻtish lozim.

2. Qidirish joyining oʻng tomonidagi fotoapparat belgisiga bosing.

3. Kompyuterdan fayl yuklash tugmasini bosing.

4. Kompyuteringizdan kerakli faylni belgilab “открыть” tugmasini bosing.

5. Mana sizga natija!

6. Rasm bilan qidirishni oʻchirish.

Agar bu rasm bilan qidirishni istamasangiz, qidiruv platformasidagi rasmcha ustidagi “X” tugmasini bosishingiz kifoya.

Topgan gul, topmagan bir lagan osh deganlaridek, men izlashni sinab koʻrish uchun palovni tanladim. Siz Googleni xohlagan suratni qidirtirib, qiynashingiz mumkin. Tasavvur qilib koʻring-a, siz nomini bilmaydigan, soʻz bilan ta’riflay olmaydigan qancha narsa bor. Soch turmaklari, “alambalo” salatlar-u, avtomobillarni shunday rasmga olasiz va ular haqidagi batafsil ma’lumotlarni qidirasiz.

Manba. Xobbi.uz

Report Page