QADR AZIZ

QADR AZIZ


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tumani bo’linmasi tashabbusi bilan tumandagi ijodkor o’quvchilar va maktab targ’ibotchilari bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi O’zbekiston tumani Elash qishlog’ida yashovchi Аbdullajon ota Qodirov xonadoniga borib yo’qladi.

Tuman bo’linmasi rahbari Shohruxbek Shokirov urush va mehnat faxriysini yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida erishilgan g’alabaning 77 yilligi bilan qizg’in qutlab, tirik tarix deya e’zozlanayotgan ushbu urush faxriysiga bugun yana bir bor alohida ehtirom ko’rsatildi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Bugun 97 yoshga kirishiga qaramay hali bardam, fikri tiniq, o’tmish voqealarini yaxshi eslaydigan Аbdullajon ota Qodirovni 1943 yilda urushga olib ketishgan. U artilleriya bo’linmasida xizmat qilgan. Urushdan qaytgach, uzoq yillar qo’shni Qirg’iziston Respublikasida qo’rg’oshin konida mehnat qilgan. Besh o’g’ilni voyaga etkazgan sobiq jangchi ayni kunlarda 30 dan ortiq nabira va evaralarning suyukli bobosi.

O’z o’rnida Аbdullajon ota “Yurtboshimizning bunday g’amxo’rligi, xalqimizning birdamligi belimizga kuch, ko’zimizga nur, yoshimizga yosh qo’shmoqda” deya bugungi e’tibordan mamnun ekanliklarini aytib o’tdilar. Yaratilgan shart-sharoitlar uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, Yaratgandan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tilab duoga qo’l ochdilar.

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI O'ZBEKISTON TUMAN BO'LINMASI.


Report Page