Pythonni o'rganish uchun 8 ta sabab

Pythonni o'rganish uchun 8 ta sabab

@wecreateuz


Nima uchun aynan python?

Python - bu dinamik semantikali obyektga yo'naltirilgan yuqori darajadagi, interpretirlanuvchi dasturlash tili. Uning yuqori darajadagi ma'lumotlar tuzilmalari dinamik kiritish va keng kutubxonalari bilan birgalikda dasturni juda tez ishlash imkonini beradi, unda skriptlarni yozish juda qulay. Python sintaksisi oddiy va o'qilishi ham oson.

Python modullar va paketlarni qo'llab-quvvatlaydi, bu esa dasturning modulliligi va kodni qayta ishlatilishiga katta yordam beradi. Python interpretatori va katta standart kutubxonasi barcha platformalar uchun bepul va erkin tarqatilishi mumkin.


1. Ko'plab bo'sh ish o'rinlari

Bugungi kunda Python dasturchilariga talab katta. Stackoverflow olib borgan izlanishlarga ko'ra, Python eng mashhur dasturlash tillari orasida to'rtinchi o'rinda turadi. Python texnologiyalari juda keng qo'llanilganligi sababli, ushbu tilni bilgan odam QA Engeneer, Automation Engineer, Data Engineer, shuningdek, sun'iy intellekt va Machine Learning bo'yicha ish topishi ham mumkin.


2. Maosh

Stackoverflow o'tkazgan tadqiqotlarga ko'ra, Python dasturchilarining ish haqi malakasiga qarab oshib boraveradi. Python dasturchilari Java yoki PHP tillarida kod yozadiganlarga qaraganda ko'proq pul ishlaydilar.


3. Start Up lar uchun eng yaxshi texnologiya

Startuplar omon qolish uchun uning ustida juda ko'p ishlash kerak. Startaplar o'zlarining raqamli mahsulotlarini yaratishda - xoh veb-sayt bo'lsin, xoh mobil dastur - bu mahsulotlar byudjetda ko'rsatilgan narxda va muddatidan oldinroq bitishi kerak. Ushbu ikki maqsadda ancha as qotgani tufayli Python startapchilar orasida eng sevimli tillardan biri hisoblanadi.


4. O'rganish uzoq vaqt talab qilmaydi

Python kabi kuchli va ko'p qirrali tilni o'zlashtirish uchun ancha vaqt ketadi deb o'ylashingiz mumkin. Unday emas! Professional dasturchilar Python asoslarini (masalan, sintaksis, kalit so'zlar va ma'lumotlar turlari) 6-8 hafta ichida o'rganish mumkinligini ta'kidlaydilar. 


5. O'rganish mutlaqo bepul

Python dasturlash tilining rasmiy sahifasi o'zining saytida bepul qo'llanmalarni joylab boradi. Ushbu qo'llanmalar Pythonni endi o'rganayotganlarga, dasturlashda tajribasi yo'qlarga va pythonda biroz bo'lsada tajribasi borlarga ancha foydali. Ushbu tizimning yagona kamchiligi - kurslar faqat ingliz tilida.


6. Pythonda foydalanuvchilar hamjamiyati ham mavjud

Python ochiq manbali dasturlash tili va u mutlaqo bepul, istalgan odam Python kengaytmalarini o'zgartirishi yoki qo'shimcha kiritishi mumkin. Pythonning ko'p qirrali ekanligi shuni anglatadiki, dasturchi sifatida siz turli xil ish imkoniyatlariga ega bo'lasiz. 

Python dasturiy ta'minot jamg'armasining veb-saytida turli xil jamoat guruhlari va forumlarga havolalar mavjud bo'lib, unda siz Python-ning boshqa dasturchilaridan maslahat, yo'l-yo'riq olish yoki Python haqida gaplashish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


7. Python universal til, universallik esa dasturchining eng katta yutuqlaridan.

Umumiy foydalanish Python tili juda ko'p narsa qila olishini anglatadi. Shuning uchun ham YouTube, Google, Facebook va Instagram o'z servislarini yaratishda Pythonni ishlatishgan.

Agar siz katta korporatsiyada ishlamoqchi bo'lsangiz yoki o'zingizning kichik dasturlaringizni yaratmoqchi bo'lsangiz yoki to'liq veb-dastur ishlab chiqaruvchisi sifatida ishlamoqchi bo'lsangiz, Python dasturlash tilida yuqorida sanab o'tilgan har qanday ishlarni qilishinigiz mumkin.


8. Python ishlarni muntazam avtomatlashtirib boradi

Texnologiyalar bilan ishlashning eng qiyin qismlaridan biri barcha takrorlanadigan, ko'p vaqt talab qiladigan va shunga o'xshash ishlarni boshqarishdir. Fayllarni nusxalash, papkalarni ko'chirish va qayta nomlash, serverlarga resurslarni yuklash kabi kichik narsalar ko'p vaqt talab etadi.

Avtomatlashtirish Pythondan foydalanishning yana bir sababidir. Pythonning tizim skriptlarini yozish qobiliyati sizning samaradorligingizni kamaytiradigan ma'nosiz ishlarni bajarishdan saqlaydi. Pythondan foydalanib jarayonlarni avtomatlashtirishni bilishingiz vaqt tejash uchun eng katta yutuqlardan biri.


t.me/wecreateuz


Report Page