Pythondagi TOP-7 modullar

Pythondagi TOP-7 modullar

Python dasturlash maktabi

Python haqida

python

Bugun hech kimga sir emas-ki eng ommabop dasturlash tillari ichiga Python ham kirib kelgan va hali qattiq o'rnashib olish tayin. Bu esa o'rganishni boshlash vaqti kelganini bildiradi. Bundan tashqari siz qaysi IT yo'nalishini tanlasangiz ham Python sizga albatta ortiqchalik qilmaydi. Bu Web Developing bo'ladimi, Desktop Develpoingmi, Game Developingmi yoxud Web Designingmi farqi yo'q. Muhimi to'g'ri frameworkni tanlay olishdir.

Baxtingizga men sizga eng yaxshilarini saralab qo'ydim.

1. QT

PyQT

Albatta, faxrli birinchi o'ringa QT modulini qo'yaman. Bu modul yordamida siz bir necha kunlik o'rganishdan so'ng o'zingiz istagan interfeysli dastur yaratishingiz mumkin. Bundan tashqari bunda maxsus konsturuktorga o'xshash dastur bo'lib, u yordamida barcha narsani Photoshopda chizgandek joylashtirib chiqish mumkin va bunda yaratilayotgan dastur interfeysini yanada chiroyli qilish unga CSS stylelarini ham qo'shish mumkin. Agar tushunmagan bo'lsangiz faqat Delphi Borland interfeysini eslang, shunda barchasi tushunarli bo'ladi. Yana QT ham platforma tanlamaydi. Shu bilan birga agarda siz aynan Python dasturchi emas, balki C++, Ruby yoki GO tillarida ishlovchi dasturchi bo'lsangiz ham bu moduldan foydalanish imkoniyatiga egasiz.

2. FuzzyWuzzy

Bu ajoyib modulimiz sizga ikkita matnni chala taqqoslab ularning qanchalik o'xshahligini topishga yordam beradi. To'g'ri ko'pchilik chala taqqoslashning nima kerakligini tushunmagan bo'lsa kerak. Bir tomondan to'g'ri, ammo bir tomondan... Yo'q! Bu sizga foydalanuvchi kiritgan matnni dasturda yozilgan matn bilan bir xilligini tekshirishda qo'l keladi. Chunki foydalanuvchi bir ma'nodagi gapni ming xil usulda kiritishi mumkin. Masalan, foydalanuvchi "Isming nima?" deyish o'rniga "Oting nima?" deyishi mumkin. Nima deymiz, shunaqa foydalanuvchilar ham uchrab turadi) Xullas, tushundingiz deb o'ylayman.


3. Pillow

Pillow


Bu modul yordamida Pythonda rasmlar bilan ishlash mumkin va buni juda osonlik bilan amalga oshiriladi. Bu haqida ko'p gapirib o'tirishning keragi yo'q deb o'ylayman. Chunki barchasi tushunarli bo'lsa kerak. Agar bu haqda ko'proq ma'lumot olish mo istasangiz google.comga yozsangiz bas...


4. Beautiful Soup

Beautiful Soup


Bu modulning funksiyasi juda ham keng bo'lib, uni tajribali dasturchilar parsing uchun foydalanishadi va yana aytib o'tish joizki bu faqat mening fikrim emas, balki, mendan ham tajribali dasturchilarning fikridir. Parsing - bu biron-bir saytdan html kontentni ko'chirib olishidir. Bunday "o'g'rilikni" ko'pchilik saytlar yomon ko'rishadi va shu tufayli har bir sahifaga kiruvchi foydalanuvchilarning User-Agent bo'limini ya'ni foydalanuvchining kompyuteri haqidagi ma'lumotlarni, brauzer versiyasini tekshirishni yo'lga qo'yishgan. Ammo bu modulda buning ham yechimi bor.


5. Tor Steam

Bu modul borligi haqida kamchilik biladi va juda kamchilik dasturchilar bundan o'z dasturlarida foydalanadilar. Agarda siz Tor brauzerini bilsangiz tushunib turgan bo'lsangiz kerak. Demak, Tor Steam moduli nima qila oladi? Bu modul Tor brauzerini boshqarishda, ya'ni turli saytlarni ochishda, IP adressni bilish, kontentlarni tartiblash va boshqa qiziqarli funksiyalarni bajarishda qo'l keladi.


6. PyGame

Pygame

Kompyuter o'yinlari haqida gap ketgan ekan 6-o'ringa albatta, PyGameni qo'yish lozim deb o'ylayman. To'g'ri PyGameda jiddiy biron o'yin yaratib bo'lmasa ham lekin PyGame hamjamiyati tomonidan modul yaxshigina qo'llanadi. Bundan tashqari PyGamening yangi versiyalarida gamepad, ovoz va tarmoq bilan ishlash funksiyalari qo'shilgan bo'lib, agar oddiygina online o'yin yaratmoqchi bo'lsangiz PyGamedan foydalanishingiz mumkin.


7. Kivy

Kivy

Bu Framework yordamida Desktop dasturlarni yoki o'yinlarni yaratish mumkin. Kivyning ustun tomonlari shulardan iborat-ki u platforma tanlamadi, ya'ni unda yozilgan kodni Linuxda, OS Xda, Windowsda, Androidda, iOSda va hatto Raspberry Pida ham birdek ishlatish mumkin. Bundan tashqari u OpenGLni to'liq ishlatish imkoniyatiga ega. Yana Kivyda 20dan ortiq tayyor vidjetlar mavjud bo'lib, ulardan deyarli istalgan ko'rinishdagi grafik interfeysni yaratish mumkin.

Sizni bu modullardan biri qiziqirib qo'ygan bo'lsa, albatta izohlarga yozing va aynan siz aytgan mavzuda maqola tayyorlayman va u faqat nazariyadan iborat bo'lmaydi.

Shu bilan bugun sizga ko'rsatmoqchi va o'rgatmoqchi bo'lgan narsalar shulardan iborat edi.

Python Dasturlash Maktabi 🦖 






Report Page