PythonUz Offtopic qoidalari

PythonUz Offtopic qoidalari

PythonUz Offtopic

Guruh maqsadi dasturlashga (ozgina bo'lsa ham) qiziqqan odamlarni to'plash va PythonUz guruhida gaplashish mumkin bo'lmagan, lekin IT'ga oid mavzularni gaplasha olish. Shu sabab, bu guruh offtopic'ga mo'ljallangan bo'lsa ham, dasturlash va umuman IT'ga bog'liq bo'lmagan mavzular cheklanadi. Cheklangan mavzular to'liq taqiqlanmaydi, lekin guruhdagi asosiy mavzu bo'lib qolishi mumkin emas va IT'ga aloqador mavzularga xalaqit bermasligi kerak. Cheklangan mavzularga misollar: PUBG, TikTok, anime va h.k.

Bundan tashqari, ushbu guruh yangi qo'shilganlarga ochiq bo'lishi va 5-10ta aktiv odamlar qolganlarga begonalardek qaramaydigan guruh bo'lishi kerak.

Guruh qoidalari

  • O'zaro hurmat. Guruhda "toksik" bo'lmagan muhit yaratishga hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Guruhda yangi/eski, yosh kabi sifatlar bo'yicha ajratmaymiz. So'kinish ham mumkin emas.
  • Bu guruh offtopic uchun mo'ljallangan bo'lsa ham, asosiy mavzu IT va dasturlash bo'lishi kerak. Agar mavzular bo'yicha cheklovlar umumam bo'lmasligini istasangiz, @it_uz_offtopic guruhi ham bor.
  • Reklama adminlar bilan kelishilgan holda mumkin. Reklamaga ruxsat berilishi uchun reklama qilinadigan narsa foydali bo'lishi va IT'ga aloqador bo'lishi kerak.

Qoida buzilganda

  • Yengil tartibsizlik: ogohlantirish yoki qisqa vaqtga RO (5 daqiqadan - 1 sutkagacha).
  • O'rtacha tartibsizlik yoki qaytarilgan yengil tartibsizlik: 1 haftagacha RO
  • Jiddiy tartibsizlik yoki qaytarilgan o'rtacha tartibsizlik: 1 haftadan ko'proq muddatga RO yoki ban
  • Ba'zi istisno holatlarda adminlar to'g'ridan to'g'ri ban berishi yoki boshqa choralar ko'rishi mumkin.

Keyinchalik, guruh maqsadini ko'pchilik tushunishni va amal qilishni boshlasa, jamoaviy moderatsiya variantini ham ko'rib chiqamiz (masalan odamlar ovozi orqali Read-Only/Ban berish).


Yangi qoidalar qo'shish yoki hozirgi qoidalarni o'zgartirishga takliflar qabul qilinmoqda

Report Page