Python dasturchisi

Python dasturchisi

Python

Tajribali Python dasturchilarni Digital Office of Economic Developmentga ishga taklifqilamiz. Agar siz dinamik, tez o’sadigan va doim harakatda bo’lgan muhitda o’sa oladigan va eng asosiysi zavq bilan ishlashni xohlasangiz, unda bizning kompaniyamiz siz uchun!

Agar siz:

- Django, Django REST yoki Flask kabi Python freymvorklari bo’yicha 2-4 yillik tajribaga

- HTML, CSS va JavaScript kabi texnologiyalar haqida chuqur tushunchaga,

- SQL nazariyalari va PostgreSQL yoki Oracle ko’niklamalariga,

- Git kabi version control tizimlari bilimlariga,.

- API tajribasi va third-party bilan integratsiyalar bo’yicha tajribaga,

- SOLID, DRY va YAGNI kabi prinsiplar bo’yicha bilimga,

- Data strukturalar va algoritmlar bo’yicha yetarlicha ko’nikmaga,

- RabbitMQ yoki Redis kabi message brokerlar bilan ko’nikmalarga,

- Kuchli kommunikatsiya va jamoada ishlay olish qobiliyatiga,

- Kompyuter injiring, muhandislik yoki shunga yaqin sohada bakalavr darajasiga (doim ham talab qilinmaydi),

- Shahardagi ofisimizda ishlay olish imkoniyatiga ega

bo’lsangiz va quyidagilar qo'lingizdan kela olishiga ishonsangiz:

- Pythonga asoslangan veb-ilovalarni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash

- Toza, qo'llab-quvvatlanadigan va samarali kod yozish

- Ma'lumotlar bazasi sxemalarini loyihalash va amalga oshirish

- Muammolarni aniqlash va hal qilish uchun boshqa jamoa a'zolari va manfaatdor tomonlarbilan kommunikatsiya qilish

- Kodni qayta ko'rib chiqishda ishtirok etish va rivojlanish amaliyotini takomillashtirishga hissaqo’shish

- Loyihalarni o'z vaqtida va muvaffaqiyatli yetkazib berishni ta’minlash.

Unda biz sizga:

- Raqobatbardosh ish haqi, hamda bonuslar;

- Respublika miqyosidagi qiziqarli va ‘challenge’ loyihalar;

- Karyera rivojlanishini rag’batlantirish;

- Professional va qiziqarli ish muhiti

- Uzluksiz o'rganish va rivojlanish imkoniyatlari, shu jumladan onlayn, oflayn va xalqaro o'quvdasturlariga yuborish;

- Sizni kun davomida energiya bilan ta'minlash uchun bepul kofe va shirinliklarni

taklif qilamiz.

Agar siz O'zbekistonda raqamli transformatsiyani amalga oshirishga ishtiyoqingiz baland bo'lsa va unga hissa qo'sha olishga ishonsangiz, albatta biz sizni kutamiz!

Задайте вопрос работодателю

Он получит его с откликом на вакансию

Где располагается место работы?Какой график работы?Вакансия открыта?Какая оплата труда?Как с вами связаться?Другой вопрос

Откликнуться

Report Page