Python bilan 30 kun 👨‍💻 2 - Kun. Ma'lumotlar turlari
Brain Development
Dasturlash tilini tafsilotlariga chuqurroq sho'ng'ishimizdan oldin, biz uning terminologiyalari va asosiy tamoyillarini tushunib, asosiy aqliy modelni yaratishni boshlashimiz kerak, bazi terminlarni o'zbekchaga tarjima qilib bo'lmadi shu uchun siz ham shunda nomlab keting agarda sizga tushunarsiz terminlar bo'lsa googledan qidirib ko'ring.
Har qanday dasturlash tilining qurilish arxitekturasi asosan quyidagilarga bo'lish mumkin.
- Terminologiyalar
- Ma'lumot turlari
- Harakatlar (funktsiyalar)
- Eng yaxshi amaliyot(Best Practices)
Bugun men Pythonning ba'zi asosiy atamalarini, sintaksisini, ma'lumotlar turlarini va ba'zi harakatlarini yoki dasturiy atamalar funktsiyalari deb ataladigan narsalarni tushunishga bag'ishladim.
Ma'lumot turlari
Oddiy so'zlardagi ma'lumotlar turlari bu qiymatlarni ifodalashning bir usuli. Bizning dunyomizda harflar, raqamlar, belgilar turli xil ishlatiladigan qiymatlarning har xil turi mavjud. Xuddi shunday Pythonda ham quyidagi asosiy ma'lumotlar turlarini o'z ichiga oladi:
- int (butun sonlarni ko'rsatish uchun)
- float (haqiqiy sonlarni ko'rsatish uchun)
- str (satrlarni ifodalash uchun)
- bool (mantiqiy narsalarn anglash uchun)
- list
- tuple
- set
- dict
- complex (kam ishlatiladi)
- None (qiymat yo'qligini anglatish uchun)
Bu Pythonda mavjud bo'lgan standart ma'lumotlar turlari. O'zimizning shaxsiy turimizni yaratish uchun sinflardan foydalaniladi. Maxsus ma'lumot turlaridan tashqi kutubxonalar yoki modullarni import qilish orqali ham foydalanish mumkin.
Bugun men shunchaki Pythonning sonlar va satrlar turlarini tushunishga bag'ishladim.
Raqamlar
Raqamli ma'lumotlarning 3 turi mavjud:
- int (cheksiz hajmdagi barcha raqamlarni saqlaydi)
- float (haqiqiy sonlar qiymatlarni saqlaydi)
- complex (men hozir uni o'tkazib yubordim, chunki Dasturlashda deyarli ishlatilmaydi qachonki matematik modellashtirishdagina ishlatiladi. Men hozirgacha buni ishlatganim yoq).
type Funksiyasi qiymati yoki turini aniqlash uchun ishlatiladi.
Â

Pythonda, o'zgaruvchiga qiymat tayinlash shunchaki ism yozish va =operator yordamida qiymatni belgilash orqali amalga oshiriladi.

Matematik funktsiyalar
Bizga turli xil matematik operatsiyalarni osonlikcha hisoblash imkonini beradigan ba'zi bir oldindan o'rnatilgan matematik funktsiyalar mavjud.
Math funktsiyalar - bu hujjat barcha oldindan o'rnatilgan
matematik funktsiyalarni  o'z ichiga oladi

Boshqa kunlarda matematik modulni batafsil o'rganib chiqamiz hozircha shularni bilsangiz yetadi.
O'zgaruvchilar
O'zgaruvchilar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Misol uchun hayotiy misolni oladigan bo'lsak oddiy idishda suvni olib biz boshqa joyga ko'chirish, kamaytirish yoki ko'paytish mumkin. Pythonda ham o'zgaruvchilar malumotlar bilan qo'shimcha ishlar bajarish uchun ishlatiladi.
Pitondada o'zgaruvchilarni nomlash:
- O'zgaruvchilar kichik harf yoki pastki chiziq bilan boshlanishi kerak, so'ngra raqamlar yoki pastki chiziq bilan yozilishi kerak
- Snake case - bu bir nechta so'zlardan iborat bo'lgan o'zgaruvchini yozishning odatiy usuliÂ
foydalanuchi_nomi( aslida o'zgaruvchilarga nom berganda inglizcha nom berish kerak misol uchunÂuser_name) - Ular case sensitive sintaksis bo'yicha yoziladi
- Pythonda kalit so'zlarni o'zgaruvchiga nome berish mumkin emas.

Satirlar
Pythondagi satrlar belgilar ketma-ketligidan iborat.

Satrlarni bir-biriga qo'shish
Satrlar +operator yordamida birlashtiriladi. U shunchaki satrlar bilan birlashadi yoki "bog'lanadi".

Turini o'zgartirish
Python operatsiyalarni turli xil turlari bilan bajarilsa xatolikga olib keladi.

Pythonda har xil turdagi operatsiyalarni bajarish uchun turlarni o'zgartirish kerak

Xuddi shunday, satrlarni raqamlarga aylantirish mumkin

Bugunga hammasi shu! Shunga qaramay, uni sodda va oson bajaring.
Keyingi kun juda ham qiziqarli bo'ladi. Maqolani shunchaki o'qim chiqmang undagi kodlarni o'zingiz yozing va o'zgartirib sinab ko'ring.
✅ Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!
đź”»
Telegram | Instagram | YouTube