Pure Love |ep1|

Pure Love |ep1|

Kim Binna


Jungkook Seoul ning ko'chalari bo'ylab sayr qilarkan

uning o'ylarni cafe ichidagi bir qiz buzdi

Yura Vafot etgan onasi haqida o'ylasa doim ko'zlari yoshga to'lardi, tabassum va g'amginlik uyg'unlashgan holda yuzida aks etardi...U juda dardli va sirli ko'rinardi

Pov Yura: Balki ota-onam tirik bo'lganlarida hammasi ancha yaxshiroq bo'larmidi, balki mening yuzimda ham boshqalardagidek haqiqiy tabassum aks etarmidi?! Nega meni tashlab ketishdi?! Negaa


U o'z o'ylariga to'lgancha jimjit bir nuqtaga qarab turardi, birdan bir yigitning Yuraning yelkasiga tekkan yoqimsiz barmoqlari bu sokinlikni buzdi


Nomalum shaxs: Yaxshi qiz, yoninggiz bo'shmi?

Yura astalik bilan u yigitni qo'lini yelkasidan tushirib

Yura: Aslida bo'sh, ammo siz uchun emas

Nomalum shaxs: Meni nimam yoqmadi?!

U hiringlay boshladi va Yura ning yuzini ushlab o'ziga qaratdi

Yura darg'azab bo'lib unga tarsaki tushurdi

Nomalum shaxs: O'lging keldimi u shunday deya Yuraga tarsaki tushurmoqchi bo'ldi


Lekin birdan Jungkook kelib bu shilqim yigitni do'pposlay boshladi, qahvaxonani ayollar qiychuvi bosdi

Shilqim yigit tanib bo'lmas holga keldi,

Yura uni himoya qilgan yigit oldiga kelib bas qiling desada u eshitmasdi

Yura uni qo'llaridan tortdi

Jk ortiga qaradi

Yura juda qo'rqib ketkandi, rangi oqarib qo'llari qaltirardi. chunki u atiga 14 yoshda edi

ammo ota-onasi yo'qligi uchun unga bu holat tabiiy bo'lib ketkandi, himoyachisi yo;q edi...Boqib olgan ota onasi uni ko'chaga uloqtirmasligi uchun kichik bo'lishiga qaramay cafe tungi 10 gacha ishlardi

Jk uning ko'zlariga termulgancha u tomon qadam bosa boshladi

Yura esa yanada qo'rqqancha ortga qarab yurardi, hatto yo'l tugagani ham sezay devorga urilib seskanib ketdi


Shunda Jk to'xtab : xavotirlanma

U Yuraga qo'lini cho'zdi


Pov Yura: Hayriyat

Yura ham qo'l berib , raxmat tariqasida bosh egib qo'ydi


Jk: Ismim Jeon Jungkook

Yura: Yura, ofitsanka

Jk: Oqarib ketibsan, kechasi kichkina qiz bu yerda nima qilayapsan

Yura:

Jk: Qo'llaring ham qaltirayapti

Yura ularni mahkam siqib oldi

Jk; Yaxshisi uyingga tashlab qo'yaman, agar qarshi bo'lmasang albatta

Yura: Uyim shu yaqin o'rtada, o'zim yetib olaman

Jk qo'l soatiga qarab: Lekin soat allaqachon 10:23, bu vaqt yolg'iz yurishing yaxshimas, qolaversa ota-onang ha kutishayotkandir

Yura: Ular vafot etkan

Jkning ichi muzlab ketdi, chunki uning ham onasi tashlab ketkandi

Jk: Meni kechir

Yura: Hech qisi yo'q, azoblantirmaydi

Jk: Bu nima deganing?

Yura: Ularni hatto ko'rmaganman

Jk: Kim bilan yashaysan

Yura: Asrandiman

Jk: Tushunmadim

Yura stollarni artayotgan latasini qo'yib unga qaradi

Yura: Men shu yerda ishlayman, negaki ularga pul kerak! Agar aytilgan pulni olib bormasam aroqxo'r otamning qo'lida kaltaklanishimga to'g'ri keladi, lekin siz kabi qahramonlar buni tushunmaysiz

Jk: Ahir men shunchaki senga yordam bermoqchi edim

Yura gairarkan ko'zlari yoshga to'lib gapirardi

Yura; O'zim hal qilardim, endi siz tufayli mendan mijoz huquqlarini buzishda ayblab pul olishadi va men uyga aytilgan miqdorda pul olib bora olmayman, tushunyasizmi

Jk bunchalik kichik qizaloqning ancha muncha hayot azoblaridan habardor ekani hayratga solardi

Jk qo'lida Yuraning bir oylik maoshidan ham ko'p pulni Yuraga uzatdi

Jk: Bularni ol va o'sha otangga ber, pullarga to'ysin va seni tinch qo'ysin

Yura: Meni sotib ola olmaysiz, men tilanchi emasman

Jk qotib qoldi

Yura sumkasini olib kiyinib ko'chaga chiqib ketdi

Jk uning ortidan ketdi

Yura: ortinggizga qayting, menga muammolar kerak emas

Jk: Istasang men bilan ket

Yura: Ko'chada duch kelgan inson bilan ketaveramanmi?Kimliginggizni bilmay turib ham

Jk: Lekin meni xafli yoki xafsiz ekanimni bilmaysan, uydagi otangni xafli ekani aniqligini bilasan

Yura: Erkaklarni bilaman, qiziqasiz, yoqtirib qolasiz,lekin bir kechadan so'ng tashlab ketasiz

Jk: Men unaqa emasman, senga yomonligim yo'q

Yura: Hamma shunday deydi

Yura uyiga kirib ketdi

Jk biroz eshik tagida turdi

So'ng uyiga qaytdi

U Yuraga juda yordam bergisi kelgandi ammo qo'lidan hech narsa kelmagani uchun juda afsuslanardi

Jk dush qabul qildi so'ng uxladi



Report Page