Punto Switcher dasturi

Punto Switcher dasturi

@itspecuz
Punto Switcher 4.4.0

Punto Switcher – klaviaturada rus va ingliz tillarida matn kiritish tilini avtomatik o‘zgartirish dasturi. Agar siz klaviatura tilini rus tilidan ingliz tiliga yoki aksincha o‘zgartirishni unutsangiz “it-spec” ning o’rniga “ше-ызус” hosil bo‘ladi. Punto Switcher buni to‘g‘rilaydi – matn kiritish tili avtomatik o‘zi o‘zgaradi.

Klaviaturada o‘zbek tilida matn kiritishda ham ushbu dasturdan foydalanilsa bo‘ladi, faqat klaviatura tilining avtomatik o‘zgarishini o‘chirib qo‘yish lozim:

Bu holatda bizga “qaynoq klavishalar”dan foydalanish kerak bo‘ladi, ushbu kombinatsiyalar esa asosan quyidagilardan iborat:

1. Shift+Pause/Break – Kiritilgan matn harflarini sizga kerakli bo‘lgan tilga to‘g‘rilash.

2. Alt+Pause/Break – Kiritilgan matn registrini o‘zgartirish (katta harfni kichik, kichik harfni esa katta qilib beradi, Ma’lumki, bu uchun Word dasturida Shift+F3 ishlatiladi, qolgan dasturlarda esa bu kombinatsiya yo‘q, shunday holatlarda bizga Punto Switcher’dagi ushbu kombinatsiya yordam beradi).

3. Alt+Scroll Lock – Belgilangan matnni transliteratsiya qilish (masalan, Toshkent so‘zini Тошкент’ga aylantiradi)

Punto Switcher’ning imkoniyatlari:

· Klaviatura tilini avtomatik yoki qaynoq klavishalar yordamida o‘zgartirish (qoida bo‘yich Pause/Break)

· Tizimdagi kiritish tilini o‘zgartirish uchun standart klavishalar kombinatsiyasini o‘zgartirish imkoniyati

· Belgilangan va bufer (xotira)dagi matn bilan ishlash – kiritilgan matn harflarini bizga kerakli tildagi harflarga o‘zgartirish, harf registri (katta-kichikligi) va transliteratsiyani o‘zgartirish

· Aвтозамена: ko‘p ishlatiladigan so‘zlarni ma‘lum harflarini kiritgan holda to‘liq ko‘rinishini hosil qilish uchun sozlab qo‘yish

· Klaviatura bilan ishlashda ovoz bilan avtomatik o‘zgartirishni bildirish


E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz

Report Page