"Pulli" kutubxona xizmati ko'rsatish
Гурлан Туман АКМ НафисаYutboshimiz ta'kidlaganidek "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarni egallashimiz zarur va shart" - deya be'jizga aytilmagan.

Gurlan tuman axborot - kutubxona markazida 15 noyabr kuni tuman axborot - kutubxona markazlari direktorlari Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati faoliyatini yanada takomillashtirishga bag'ishlangan "Pulli" kutubxona xizmati ko'rsatish seminari bo'lib o'tdi.

Seminarni Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktor o'rinbosari M. Qurbonboyeva ochib berdi va sohada axborot hujjatlarini raqamlashtirishning ahamiyati to'g'risida so'zladi. Seminar jarayonida kutubxona ish jarayoni bilan ishtirokchilar yaqindan tanishdilar.



Seminarda Gurlan tuman Axborot - kutubxona markazi AKT va Raqamlashtirish xizmati rahbari H. Qazoqov kutubxonadagi "Pulli" xizmat ko'rsatish haqida StartUp loyihasi taqdimotini o'tkazdi. Viloyat AKM direktori o'rinbosari Mavluda Qurbonboeva, Ilmiy - metodika xizmati bosh mutaxasissi Qurbonjon Matchanovalar ushbu loyiha yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Viloyat AKM direktori o'rinbosari Mavluda Qurbonboeva, Ilmiy - metodika xizmati bosh mutaxasissi Qurbonjon Matchanovalar ushbu loyiha yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
