SPORTUZBEKISTAN
@sportuzbekistan - Sport ozuqalariProtein va uning organizmga ta’siri
Hammaga salom! Bugun biz proteinni qabul qilishning organizmga ta’siri, samaradorligi, foydasi va zarari haqida so‘zlashamiz.

Birinchi navbatda bilish kerak bo‘lgan narsa: organizmdagi deyarli barcha narsa oqsildan tashkil topgan. Proteinlar – bu tarkibi faqat alfa-aminokislotalardan tashkil topgan oddiy oqsillar. Aynan ular mushaklar kattalashishiga xizmat qiladigan material hisoblanadi. Shuning uchun, proteinlar sport ozuqasida katta ahamiyatga ega.
Proteinning organizmga ta’siri shundan iboratki, u og‘ir mashg‘ulotlardan keyin mushaklar tiklanishiga va gavdaning ideal mushak relyefini yaratishga yordam beradi.
Proteinlarning turlari juda ko‘p, ularning uchta asosiysi majvud:

- Sivorotkali, "Whey" (sut zardobidan olingan oqsil) sportchilar orasida eng mashhuri, u bir zumda o‘zlashtiriladi va aminokislotalar defitsitini to‘ldiradi. Bu yuqori sifatli protein sutdan ishlab chiqariladi. Masalan, ON Whey Gold standard 100% Whey shu turdagi protein hisoblanadi.
- Kazein – sekin o‘zlashtiriladigan protein turi bo‘lib, tunda qabul qilishga mo‘ljallangan. Tvorog tarkibida kazein mavjud.
- Egg protein - Tuxum oqsili biologik faolligi yuqori bo'lishiga qaramasdan, alohida mahsulot sifatida kamdan-kam hollarda topiladi. Tuxum oqi oltingugurtli aminokislotalar bilan boyitiladi va bu tananing turli funktsiyalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tuxum oqsili uglevodlarni o'z ichiga olmaydi va anabolik gormonlar sekretsiyasiga faol ta'sir ko'rsatadi. Uning o'ziga xos ta'mi bor va u juda ko'p ko'piradi. (shu husisiyati orqali siz aslida qanday protein sotib olganingizni bilib olishingiz mumkun)
- Soyali protein – (mushaklarni o'stirish uchun tafsiya qilinmaydi) o‘stirilgan oqsil bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra bodibilding, mushak massasini yig‘ish va teri osti yog‘larni yo‘q qilishda eng samarasiz oqsil sanaladi. Afzalligi – arzon narx, xolesterin darajasini kamaytirish. Kamchiligi – past samaradorlik, estrogen gormonining oshib ketishi, potensiyaning tushib ketishi.
Sport ozuqasida proteinning oddiy ovqatdan farqi nimada?

Tasavvur qiling, mashg‘ulotlardan keyin organizmga 25 gramm oqsil kerak bo‘lib qoldi. Siz proteinli kokteyl ichib olishingiz yoki 100 gramm go‘sht iste’mol qilishingiz mumkin. Lekin mahsulotdagi oqsildan farqli o‘laroq, sport proteini organizmga parchalangan holda yetib boradi va shuning uchun qisqa vaqt ichida o‘zlashtiriladi. E’tiborli tomoni, sport proteini hazm qilish faoliyati va qo‘shimcha ozuqaviy elementlarga og‘irlik qilmaydi. Aminokislotalardan tashkil topgan konsentratsiyalashtirilgan oqsil oshqozonga tushishi bilan o‘zlashtiriladi.
Bundan tashqari, sport proteini nafaqat tez, balki deyarli butunlay o‘zlashtiriladi. Proteinning atigi 5 foizi organizmdan chiqib ketadi. Sport proteini, birinchi navbatda, mushak to‘qimalarini o‘stirishga qaratilgan. Shuningdek, mazkur mahsulot moddalar almashinuvida organizmning biokimyoviy reaksiyasi o‘tishini normallashtiradigan muhim fermentlar qatoriga kiradi. Jumladan, protein intensiv mashg‘ulotlardan keyin tezroq tiklanishga yordam beradi hamda tananing yog‘ massasini kamaytirishga, gormonlarni me’yorida saqlashga, muhim bo‘lgan barcha fiziologik jarayonlar o‘tishiga va mushaklar o‘sishiga xizmat qiladi.
Proteinlar qabul qilishning zarari bormi?

To‘g‘ri qabul qilinganda mazkur qo‘shimcha deyarli hech qanday negativ asorat qoldirmaydi. Chunki tarkibdagi oqsil ovqatdagi oqsildan deyarli farq qilmaydi, shunchaki turli aralashmalardan ajratiladi.
Ammo organizmga tushadigan konsentratsiyalashtirilgan oqsil miqdori belgilanganidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Aks holda, oqsil zaharlanishi yuzaga kelishi va buning oqibatida jigar, buyrak, yurak-qontomir tizimi va oshqozon-ichak faoliyati zarar ko‘rishi mumkin.
Mushaklarni o'stirish uchun, 1 kg vazin uchun 1.5-2 gram oqsil istemol qilish kerak.
Sifatli va arginal proteinlarni bizdan sotib olishingiz mumkun.
+998998149916
instagram: @sport.uzbekistan
telegram: @sportuzbekistan