Najot Ta'limning "Prompt injinering"  onlayn kursi

Najot Ta'limning "Prompt injinering"  onlayn kursi


Ushbu kurs sun'iy intellektdan foydalanib o'qish va ishida samaradorligini oshirishni xohlaganlar hamda yangi ko'nikmalarni o'rganib daromadini oshirmoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan.

Kurs 8 ta katta bo'limdan iborat. Ushbu kursni tugatib siz quyidagi 8 ta ko'nikmani o'zlashtirasiz:

Prompt injinering — sun'iy intellektni professional darajada boshqaring

8 ta modul — batafsil dastur

1.Rasm va video kontentlarni generatsiya qilish

  • Har bir sun'iy intellektning kuchli tomonlarini va qo'llanish sohalarini o'rganasiz.
  • Sifatli rasm tayyorlash bosqichlari va texnikalarini bilib olasiz.
  • Sifatli video yaratish jarayonini amaliy ravishda o'zlashtirasiz.
  • Har bir vazifa uchun qaysi AI dan qanday samarali foydalanishni aniq bilib olasiz.
  • Ko'pchilik yo'l qo'yadigan xatolarni o'rganib, o'zingiz xohlagan rasm va videolarni to'g'ri tayyorlashni o'rganasiz.

 Barcha bilimlar uyga vazifalar orqali mustahkamlanadi

2Hisobot va hujjat ishlarini AI ga bajartirish

  • Sun'iy intellekt yordamida katta hajmli ma'lumotlarni tahlil qilib, xulosalashni o'rganasiz.
  • Ish va o'qish jarayonida hisobotlarni qaysi AI ga bajartirish mumkinligini bilib olasiz.
  • To'g'ri prompt berish orqali kutgandek natijani olishni amaliy mashqlar bilan o'zlashtirasiz.

3Avtomatlashtirish

  • Kundalik hayotda takrorlanadigan ishlarni AI ga bajartirish orqali vaqtni qanday tejashni o'rganasiz.
  • Avtomatlashtirish uchun eng samarali AI vositalarini tanishtirasiz.
  • Har bir vositadan o'ziga xos va samarali foydalanish usullarini o'zlashtirasiz.

4.Dasturlashsiz loyihalar qurish

  • Turli bizneslar va shaxsiy brend egalari uchun veb-saytlar yasashni o'rganasiz.
  • Turli bizneslar va shaxsiy brend egalari uchun Telegram botlar yaratishni o'zlashtirasiz.
  • Dasturchilar yordamisiz AI vositalaridan foydalanib to'liq loyihalar qurishni bilib olasiz.

5.AI orqali o'rganish jarayonini tezlashtirish

  • Chet tillarini o'rganishda AI vositalarini 24/7 shaxsiy ustoz sifatida ishlatishni o'rganasiz.
  • Keng va murakkab mavzularni o'zlashtirishda qaysi AI lar samaraliroq ekanini bilib olasiz.
  • AI yordamida istalgan mavzuni professor darajasida chuqur o'rganish usullarini o'zlashtirasiz.
  • Bilimlarni AI bilan do'st suhbatidek muhokama qilib yanada mustahkam o'zlashtirasiz.

6.Ish natijalarini raqamlarda o'lchash va vizual ko'rish

  • Ish va o'qishdagi natijalarni raqamlarda aniq va tushunarli tarzda aks ettirishni o'rganasiz.
  • Natijalarni infografikalar va dashbordlar orqali hammaga tushunarli tarzda taqdim etishni o'zlashtirasiz.

7.Kundalik kichik ishlar uchun shaxsiy AI yordamchi yasash

  • Qaysi kundalik ishlarni sun'iy intellektga topshirish mumkinligini aniq bilib olasiz.
  • AI ni sifatli va to'liq ishlashi uchun nimaga e'tibor berish kerakligini o'rganasiz.

8.AI dan turli sohalarda maslahatchi ustoz sifatida foydalanish

  • Sun'iy intellektni istalgan sohada ekspert darajasidagi maslahatchi sifatida sozlashni o'rganasiz.
  • O'z vaziyatiga mos va to'g'ri tavsiyalar olish usullarini amalda o'zlashtirasiz.







































Report Page