Professional taʼlim muassasalarida oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish provard maqsad

Professional taʼlim muassasalarida oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish provard maqsad

@eduuz


Samarqand viloyati Pastdargʻom 4-son kasb-hunar maktabida ushbu mavzuga bagʻishlangan hududiy oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur seminarda 16 ta kasb va mutaxassisliklarda ishlatiladigan homashyo va jixozlardan samarali foydalanib oʻquv amaliyotini tashkil etish yuzasidan amaliy mashgʻulot darslari namoyish etildi.

Vazir oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova rahbarlik qilgan mazkur seminarda viloyatdagi 71 ta professional taʼlim muassasalarning direktorlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Shundan soʻng, professional taʼlim muassasalari direktorlari va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda vazir oʻrinbosari kasb-hunar maktablari faoliyatini takommillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, ilgʻor tajribalarni keng jalb etishga eʼtibor qaratdi. Masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Dolzarb 40 kunlik” doirasida koʻchatlar ekildi.

Jumladan, mevali daraxt koʻchatlari 120 tup olma, 20 tup nok, 30 tup behi, shuningdek, manzarali daraxt koʻchatlaridan 20 tup archa, 100 tup archa, 150 dona tol va 120 dona atirgul qalamchalari ekilib, parvarishi nazoratga olindi.

Ushbu daraxt koʻchatlari hududning iqlim sharoitiga mosligiga koʻra tanlanib, agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Report Page