Professional inqilobchilar

Professional inqilobchilar

Tafakkur_chizgilari

Bir soʻnmas sharpa borki, necha asrlardan beri Gʻarb deb atalmish qudrat timsolini ta'qib etib kelmoqda. Bu kommunizm deb oʻylasangiz adashasiz, bu – Islomdir.

Sovuq urush tugagach va zamonaviy kapitalizmning adogʻsiz yoyilishi oqibatida, dunyo inqilobchilari "dunyo illatlari"ga chinakam muqobil yo‘qligini his etishdi. Shubhasiz, zamonaviy jamiyat toʻgʻrisida talay asosli tanqidlar bo‘lgan, ammo uning o‘rnini bosa olishga qodir keng qamrovli tizimni taklif qiloladigan hech narsa yo‘q edi.

So‘ng 7 oktyabr voqeasi yuz koʻrsatdi.

HAMAS, boshqa har qanday qarshilik harakatlari singari, G‘azo boʻlgasi va G‘arbiy Qirg‘oq hududida o‘z xalqining og‘ir sharoitlari fonida namoyon boʻldi. Koʻp oʻtmay ular sekulyar falastinlik qarshilik harakatidan tubdan farq qilishi ma’lum bo‘ldi, zero, keyingilari professional mablag‘ oluvchilarning ayni oʻzi edi.

Islomiy harakat esa tirishqoqlik va sabot koʻrsatib, nodavlat tashkilotlar byurokratiyasidan imkon qadar nari yurdi va asosan o‘zini o‘zi ta’minlash hamda mahalliy jamoani qo‘llab-quvvatlashga diqqat qaratdi. Xalqaro yordamning g‘oyaviy asoslarini rad etib, HAMAS o‘z xalqiga harakat erkinligini tuhfa etdi. Boshqa hamma yerda g‘arb doirasida vositachilik qilish batamom oʻzgacha yoʻlga olib kelmoqda edi. Misol uchun, Afg‘onistonda G‘arb ittifoqchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan AQSH tashqi yordamga butunlay qaram iqtisodiy tizimni qaror toptirdi. Soʻng Tolibon ularni tahqirlab, ruxsatsiz Kobulga kirganda, ular barcha yordamni to‘xtatgan holda, butun mamlakatni iqtisodiy tushkunlik girdobida qoldirib ketishdi.

Baayni taqdir Suriyaning yangi prezidenti Al-Shar', ilgari Al-Jo'loniy nomi bilan tanilgan shaxsni ham kutsa ajab emas. Suriya mojarosiga intiho yasashga rahbarlik qilgan harbiy qo‘mondon endi o‘z g‘alabasini imkonli qilgan e’tiqod va geosiyosiy manfaatlar uchun ularni qo‘llab-quvvatlagan egoistik kuchlarni ranjitishni istamaslik oʻrtasida arosatda qolgan.

"Qayerda xavf paydo boʻlsa, oʻsha yerda xaloskor kuch boʻy koʻrsatadi ," deb yozgan edi nemis shoiri Fridrix Gyolderlin. Xuddi shunday, HAMAS "Al-Aqso to'foni" operatsiyasi orqali xalqaro vaziyat jadvallarini kunpayakun etib yubordi. Endi hamma biladi: mazlumlarga umid yo‘q, basharti ular zolimlar qoidasi bo‘yicha o‘ynasalar.

HAMAS zamonaviy jamiyat o‘z qonuniyligini asoslagan chegara-cheklarni buzib tashladi va falastinliklarga hamda dunyo mazlumlariga davomiy sirtmoqdan xalos boʻlish yo‘lini taklif qildi. Kursio Malapartening "Teri" asaridagi kabi, ular o‘limdan qochish kurashida qadr-qimmatni saqlab qolish yo‘lini topdilar. Qadr-qimmat esa, aslida, dushman tizimini toʻlaqonli rad etishni-da koʻzda tutadi.

Jahon voqealarini tiyraklik bilan kuzatuvchi har bir kishi yordam, taraqqiyot, ommaviy jurnalistika va xalqaro huquq, shubhasiz, mazlumlarning do‘stlari emas, balki zolimlarning yumshoq qo‘li ekanligini aniq-ravshan biladi. Biroq bizning murakkab jamiyatlarimiz til orqali intizom o‘rnatish usulini shu qadar raso o‘zlashtirganki, hatto eng ogʻir tanqid ham uning mavjudligini oqlaydigan oldindan belgilangan doiradan chetga chiqa olmaydi.

Ehtimoliy inqirozlarning doimiy tahdidi har bir shaxsni muzokarasiz vositachilik qilishga va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini fuqarolik burchi oʻlaroq qoralashga shay bo‘lgan itoatkor fuqaroga aylantirdi. Tinchlik o‘zgarishlar vositasi boʻlish o‘rniga, ko‘pincha mavjud holatga moslashishni o‘rgatish uchun ishlatiladigan rasmiyatchilikka aylanib qoldi.

Siyosatni yana ijtimoiy evrilishlar vositasiga aylantirish orqali, HAMAS nafaqat falastinliklarga ozodlik umidini bermoqda, balki butun dunyoga uyg‘onish nurini sochmoqda. G‘azodan kelayotgan videolarda umumiy manfaat uchun o‘zini qurbon etishga shubhasiz shay va sodiq odamlar ko‘rsatilmoqda va bu qalblarda faqat ilhom olovinigina yoqadi.

Kunlik yangiliklarimiz lazzatparastlik maqtovlari bilan gʻarq bir paytda, biz falastinliklarning o‘z taqdirini ayni munosib tarzda qabul qilishiga shohid boʻlmoqdamiz. Liberal deb atalmish dunyo prezidenti Tramp "rivyera" qurish orzusida yongan bir pallada, G‘azo ahli vayronalar aro ibodatda qoimdir. Isroil hukumati nafrat haqida gapirsa, HAMAS vakili Abu Ubaydaning nutqlarida faqat mantiqnigina koʻrish mumkin; Isroil mudofaa kuchlari askarlari yozgi ta’tildagi shum va telba bolalarday ko‘rinsa, HAMAS jangchilarining haqqoniyati va insonparvarligini hatto isroillik asirlar ham madh etib alqamoqda.

Biroq, bir qator G‘arb mamlakatlari HAMASni terroristik tashkilot sifatida tan olib, uni qo‘llab-quvvatlashning har qanday ko‘rinishini terrorizm apologiyasi deb baholadi.

Bundan hayron boʻlish kerak emas. Hokimiyat doimo quroldan foydalangan va uning zo‘ravonlik monopoliyasiga tahdid solgan har qanday kuchga qarshi "terrorizm" yorlig‘ini ishlatib kelgan. Uarni vahshiy hayvonlarga mengzagan sharmandali kampaniyadan aziyat chekkan Yakobibchilar, natsistlar tomonidan terrorchi deb atalgan italyan partizanlari soʻzimizga misol boʻladi. Hatto qisqa umr ko‘rgan 1871-yilgi Parij Kommunasi a’zolari ham bugungi kunda yomon matbuot deb ataladigan narsaning qurboni bo‘lishgan.

Ammo HAMAS harakatlari tevaragida mazmunli va haqqoniy munozaralarning yo‘qligi, shak-shubhasiz, zulmning har qanday tizimli shakliga qarshi turish uchun zarur bo‘lgan ruhiy-insoniy resurslarni barbod qilish bilan teng. Hozirda davom etayotgan Isroil-Falastin mojarosi kuch va hokimiyatga shu qadar taʼsir etmoqdaki, bu so‘nggi avlodlar uchun misli ko‘rilmagandir.

Men shunchaki yoshlarning Usama bin Ladin g‘oyalarini kashf etishi yoxud G‘arb institutlarining shubhasiz fosh bo‘lgan tushuniqsiz ziddiyatlari yangligʻ ijtimoiy tendensiyalar haqida gapirmayapman. Men tahayyul maydonining qayta ochilishini nazarda tutayotirman: bu voqelikni idrok etadigan va tahlil qiladigan birlamchi tafakkur tarzini shubha ostiga olish jasoratidir.

Masalan, sionizmni oling. Sharqqa qaytish va qadimgi davrlardagi kabi boshqa arablar bilan yonma-yon yashash haqidagi romantik orzu oʻlaroq boshlangan Yevropa sionizmi, keyinchalik Falastinni qariyb qaqroq sahroga aylantirgan mustamlaka loyihasiga aylandi. Modern davrda u butunlay dunyoviy loyiha boʻlib qoldiki, uning qasdi liberalizm va fuqarolik huquqlari nomidan madaniyatsiz deb malakalangan yerlarni doimiy qaqshatqich kurash ila egallashdir.

Ko‘pincha diniy yorliq va manbalardan foydalanadigan bu yolg‘onlarni fosh etish lozimdirki, bu odamlarga atrofdagi har neni qanday o‘ylangan bo‘lsa, xuddi shunday savolga olish va taftish etish imkonini beradi. Bizga maʼlum dunyo shiddat bilan domino effektidagi kabi qulab bormoqda: zamonaviy inson huquqlari universalizmi, rivojlanish va taraqqiyot g‘oyasi, ruhga qarshi materializm xurofoti, barchasi-barchasi barbodlik yoqasiga keldi.

Tasavvur va tafakkur kuchidan durust xabardor boʻlgan bu koʻhna tuzum ilgari anarxizm, sotsializm va uning hokimiyatiga tahdid solishga qodir har qanday fikrlash tizimiga qarshi kurashgani kabi, "bu sharpani" yo‘q qilish yoʻlida mustahkam ittifoq tuzdi. Kurashish kerak boʻlgan bu sharpa islomdir.

AQShda 11-sentyabr voqealaridan beri, Yevropada esa undan ancha oldin, islom yanglish ma’lumotlar va ta’qiblar qurboni bo‘ldi, urush dini sifatida tanildi va faqat G‘arb tuzilmalari bilan murosaga kelgandagina qabul etildi. Biroq tamalida toʻlaqonli jamiyat g‘oyasini koʻzda tutuvchi bu din shaxsning tugal hayotini qamrab oladigan ijtimoiy va psixologik muvozanat tizimini o‘z ichiga olmishdir.

Ma’lumki, bu g‘arb kishisi uchun o‘rta asr nasroniysi bo‘lish bilan tengdir. G‘arb tafakkuri o‘z an’analariga nodaxl boʻlgan har qanday ijtimoiy tuzilma va g‘oyalarni diqqatdan nari saqlashga o‘rgatilgan. Ammo bugun falastinliklar musulmonlar uchun iymon, birdamlik va adolat tuyg‘usi nima ekanligini yaqqol ko‘rsatishda hammani birvarakayiga harakat qilishga undamoqda. G‘arbning zamonaviy ongi esa buni individualizm, bo‘ysunish va shafqatsizlik hukmron bo‘lgan o‘z dunyosi bilan taqqoslashdan nariga oʻtmaydi.

Tarix shuni ko‘rsatadiki, kurash hech qachon zulm bilan bitgan emas, aksincha, davomiy ravnaq topgandir. Onglilik jarayoni esa sekin, ammo izchil davom etajakdir. Begumon, dunyoda professional inqilobchilarning yangi bir avlodi shakllanmoqda.

Muallif – Laura Cesaretti

Report Page