ProfBankers 2026
AloqaBank
Haq to'lanadigan stajirovka loyihasi
Talablar
- Oliy ta’lim muassasasining 2-, 3-, 4-bosqichni tamomlayotgan bo‘lishi;
- Iqtisodiyot, bank-moliya, marketing, yuridik(iqtisodiyot yo'nalishlari bo'yicha) yoki tegishli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bo‘lishi;
- Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi;
- Jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- O‘rganishga chanqoq, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lishi;
- Stajirovka davomida to‘liq qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
- O‘zbek tilida erkin muloqot qila olishi (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi).
Ishtirokchining majburiyatlari
- Bankning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
- Belgilangan ish grafigi asosida faol qatnashish;
- Biriktirilgan mentor va rahbar topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish;
- Bank siri va xizmat ma’lumotlari maxfiyligini saqlash;
- Jamoa bilan samarali ishlash va xizmat madaniyatiga rioya qilish;
- Amaliy topshiriqlar, treninglar hamda loyihalarda faol ishtirok etish;
- Yakuniy hisobot yoki prezentatsiyani topshirish.
Ishtirokchilarga taklif etiladigan imkoniyatlar
2 oylik haq to'lanadigan stajirovka;
- Bank tizimida real ish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyati;
- Tajribali mentorlar bilan ishlash;
- Zamonaviy bank texnologiyalari va raqamli xizmatlar bilan ishlash tajribasi;
- Networking va professional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- Eng faol ishtirokchilar uchun sertifikat va tavsiyanoma;