Princess

Princess

𝐊𝐢𝐦_𝐒𝐡𝐢𝐤𝐮ᵇᵃᵇʸ


1-qism

Har bir kuchli insonning ortida ungga boshqa tanlov qoldirmagan uzun bir hikoya bo`ladi.Odam faqat sevgidan azob chekadi deb o`ylardim!Juda qattiq adashgan ekanman!

~~~

Koreya qiroqli Sejongning 4 ta o`g`il farzandi bo`ldi.Eng katta shahzoda MInho deyarli 17 yoshga to`lib otasiga qirollik ishlariga ko`maklasha boshlagandi..Shahzoda Hansung esa o`sha paytda 15 yoshni qarshi olgandi,Shahzoda yoongi 6 yoshga to`lganda kenja shaxzoda taehyung 4 yoshni to`ldirgandi.O`sha kuni qirol sejongning singlisining ko`zi yorish arafasida edi.Malika homilador payti uning eri jangda halok bo`ldi.


Saroy qonunlari biroz boshqacha bo`lishiga qaramay bungga hech kim qarshilik ko`rsata olmasdi.Agarda qirol singlisi yoki qarindoshlari qiz farzand dunyoga keltirsa u shahzodalardan bittasiga turmushga chiqishi zarur edi.Qirol o`z farzandlariga qirol avlodidan bo`lgan malikalarni ravo ko`rardi.Bugun malika qiz dunyoga keltirsa to`ng`ich shaxzodaga unashtiriladi agar o`g`il farzand dunyoga keltirsa u ham boshqa shahzodalar safiga qo`shiladi.


-Tezroq tezroq!issiq suv olib kelinglar.Malikam yana biroz chidang)saroy tabiblari malika atrofida girdi kapalak bo`lar ekan yarim tun bo`lishiga qaramay saroyning yarmi uyg`oq edi va malika xonasi oldida to`plangandi.


qirol sejong eshik oldida u yoqdan bu yoqqa borib kelgancha asabiylashar ekan shazodalar va qirolicha Xein ham malika oldida kutishardi.Qirolicha Xein bugun har kungidanda asbiy edi.U bola o`lik tug`ilishi uchun qo`lidan kelgan hamma ishni qildi ammo o`xshamadi.Malika tog`ri ovqatlanar tinimsiz tabiblar nazoratida edi.Shuning uchun ham sog`lig`ida muammo yo`q edi.


QIrolicha Xein uchun ikkala tanlov ham eng yomoni edi.Agar qiz tug`ilsa u ham malika kelajakda esa qirolicha lavozimiga ega bo`lardi.Shahzoda tug`ilsa esa taxtga davogar.Shuning uchun ham bola o`lik tug`ilishini xudodan yolvorib so`rardi.


Bir payt malika xonasidan chaqaloqning yig`i ovozi eshtildi.Butun saroy jim bo`lib qoldi.Qirolichaning umidlari puchga chiqdi.Qirol sejong yurishdan to`xtadi eshik tomon qarab quvonib jilmaydi.


xona eshiklarini saroyning ikki xizmatchisi ochar ekan qirol sejong shoshgancha xonaga kirdi.Undan boshqalar esha xonaga kiritilmadi.

qirol asta sekin qo`liga chaqalog`ini endi olib uning iforidan mast bo`layotgan xoldan tolgan singlisi oldiga bordi.


-minso yaxshimisan?!)qirol ungga holsiz boqib turgan singlisiga qaradi.Ammo minso gapirish uchunham o`zida kuch topa olmayotgandi.Ammo uning yuzidan xursandligi bilinib turardi.


-hazrati oliylari malikamiz tug`ruq payti juda qiynaldilar.Uning tanasida zahar yoyilganini aniqladik.Hayriyatki bu faqat onaga tasir qilgan...


-bu bilan nima demoqchisan?!)qirol jiddiy ohangda gapirib tabibga yuzlandi.


-haligi gap shundaki....bu malikamizning so`nggi kunlari balki so`nggi daqiqalari bo`lishi mumkin!)Tabib shunday degancha boshini egdi.


-kimning haddi sig`di malikani zaharlashga)qirol shunday deb o`rnidan turishga urinar ekan uni nozik qo`llar tutib qoldi.


-aka?!)minso shunday deb sejonning qo`lidan tutdi.Ko`zlari bilan qo`ynidagi jajji chaqaloqqa ishora qildi.Qirol sejon endigina pishshillab uxlayotgan chaqaloqqa etibor bergandi.Sekin minsoning yoniga o`tirib uning qo`llaridan tutgan qirolning ko`zlari yoshlandi.


-malika!meni malikam dunyoga keldi aka!)minso chaqaloqni akasining qo`llariga sekin tutqazdi.


qirol sejon chaqaloqning yuzini ko`rib yig`i aralash tabassum qildi.Shu payt minso yo`talib og`ir nafas olishni boshladi.


-uni..uni sizga ishondim..aka..uni asrang..!)minso qiynalib nafas olishiga qaramasdan hamon qizi haqida qayg`urar edi.


-NIMADIR QILSANGIZCHI!!!!)qirol tabiblarga baqirishni boshladi uning qo`lidagi jajji chaqaloq baland ovozdan uyg`onib ketib yig`lay boshladi.


Taqdir juda beshavqatliq qildi bu safar ham jajji malika tug`iliboq yetim qoldi.Qirol uni o`z qizidek ko`rardi.Ammo qirolicha Xein bundan mustasno edi.Malikaga Mire ismi qo`yildi.U 5 yoshga to`lgan payti ikki to`ng`ich shahzodalardan biriga unashtirilishi zarur edi.

5 yildan keyin


-akaaa!akajon)jajji qizaloq katta akasini ko`rib uning oldiga yugurib keldi.Katta bog`da o`ynayotgan shahzodalar ham akasi oldiga tezroq borish uchun yugurishdi.


-sekinroq mire yiqilib tushishing mumkin!)ancha katta bo`lib qolgan har bir qizning orzusidagi o`sha yosh va kelishgan shahzoda minho mireni ko`tarib oldi.


-aka men sizga turmushga chiqayapmanmi?!)mire akasining ikki yuziga jajji qo`llarini qo`yib gapirdi.


-ohh meni kichkina malikam bu gapni kimdan eshitdi)shahzoda mirening gaplariga hayron bo`ldi.Hali 5 yoshga to`lmagan qiz turmush qurish nima ekanini bilishi odamni o`ylantirib qo`yardi.


-namsu!Mengga buni namsu aytdi!)mire barmog`i bilan xizmatchisini ko`rsatar ekan Minho o`sha tomonga nigohi qiri bilan qarab qo`ydi.Xizmatchi qaltirashni boshlagandi.Endi shahzoda uni aniq jazolaydi.


-salom aka!)shahzoda hansung ham xizmatchi qizlarning ichiga o`t yoqqancha bog`ga kirib keldi.


-meni malikamni kayfiyati bugun yaxshiga o`xshaydi!)hansung mire tomon boshini egib tirjaydi.


-kechirasizu shahzodam men tanlov qilib bo`ldim.Men Minhoga turmushga chiqmoqchiman shuning uchun meni "meni malikam" deb atamang!)mirening bu gaplaridan ikkala shahzoda ham hayron qoldi.


-voy sen shumtaka ey!)hansung nima deyishini bilmay kulib yubordi.


-malikam bog`da o`ynab tura oladimi uning shahzodasining muhim ishlari bor!_Minho mireni yerga qo`yib u bilan xayrlashdi.


Minho ketishi bilan Minho jiddiy qiyofada ortiga o`girilib Namsuning yoniga keldi.


-kichkina qizchaga ham shunday narsalar aytiladimi?!)Hissiz va hech qanday emotsiyasiz gapirgan shahzoda hammaning aqlini shoshirib qo`ydi.


-haligi shahzodam malikamiz juda ko`p savol bergani uchun....


-bunda mireni ayblashga hadding sig`di!)shahzodaning bu gapidan keyin namsu katta hato qilganini angladi.


-aka hozir bundan ham muhimroq ishlarimiz bo`r!)hansungning gaplari namsuni o`limdan qutqarib qoldi.


-keyingi safar shunchaki joningni sug`rib olaman tushunarlimi!?


-tushundim..shahzodam!)minho va hansung ortiga o`girilib keta boshladi.


-otam sizni chaqirtirgan ekan!Menimcha oyimning qilmishlari sabab yana siz jazolanasiz!


-onamning esi dardi taxt!Menimcha bu taxt onamni bir kun kelib xarob qiladi.)shu payt hamma joyni askarlar qurshab olib Shahzoda minhoning qo`llarini bog`lab qo`yishdi.


-aqlingizni yedingizmi!Yoki joningiz o`zingizga ko`plik qildimi?!


-bu qirol buyrug`i shahzodam.


mana 1-qism tayyor yoqadi degan umiddaman!Hammadan fikr va reaksiya kutaman bu men uchun muhim!

author:shiku

#crazy lady










Report Page