Prezident topshirig‘idan so‘ng, ishlar jadallashdi

Prezident topshirig‘idan so‘ng, ishlar jadallashdi


Bugungi kunda Yurtimizda hamma sohada olib borilayotgan islohotlar zaminida insonga eʼtibor, xalq farovonligi va uni taʼminlash, ustuvor vazifa qilib belgilangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari” yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda yer munosabatlari hamda fuqaro va tadbirkorlarning mulk huquqlarini daxlsizligi taʼminlash, uni ishonchli himoya qilish, milliy boyligimiz bo‘lgan yer maydonlarini avaylab asrashga, unumli foydalanishga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Soha oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun viloyatimiz kadastr boshqarmalari tizimidagi barcha shahar va tuman filiallari xodimlari bu ishga yeng shimarib kirishganlar.

Barcha kadastrchilar qatori bu muhim ishlarga Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha masʼullari ham o‘zlarining baholi qudrat hissalarini qo‘shmoqdalar.

Masalan, ular Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga joyiga chiqib “Uzkad” tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan foydalanuvchi sifatida hisobga olingan huquqni tasdiqlovchi hujjat to‘liq yoki qisman bo‘lmaganlar, mahalliy hokimlik va foydalanuvchilar o‘rtasida ijara shartnomasi tuzilmagan 27 ta obyekt, 6,8 gektar yer va Viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufidagi 153 ta obyekt, 76,7 gektar yer masalasida boshqarmalar rahbar xodimlari bilan uchrashib amaliy ishlar olib borildi.

Yoki Namangan tumani Qo‘rg‘oncha MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasi 1-uyda yashovchi fuqaro Haydarali Qurbonov murojaatiga ham amaliy yordam berilib, boshqarmaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari bilan uchrashuv tashkillashtirilib huquqiy tushuncha berildi.

Bundan tashqari, viloyatning Chortoq tumanida joylashgan “Muhammadolim Xurshida bog‘lari” fermer xo‘jaligi yerlarini “Uzkad” tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish borasidagi muammosi yechim topishga mutaxassislar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Davlatimiz rahbari tomonlaridan yangi 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash” yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Matbuot xizmati sohani yosh xodimlariga amaliy yordam berib ularni yangi g‘oyalari, aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari bo‘yicha va yer nazorati ishlarini tashkil qilishdagi yangi innovatsion takliflarini amalga oshirish uchun Viloyat teleradiokompaniyasida jonli efirda va boshqa OAV orqali chiqishlarini tashkil qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Viloyatimiz kadastr tizimi xodimlari o‘zlarining halol mehnatlari bilan xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish uchun bor imkoniyatni ishga solib Yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilgani bel bog‘laganlar.

 

Matbuot xizmati.

Report Page