Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan “Tong nafasi ilhomlari” anʼanaviy respublika tanlov…

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan “Tong nafasi ilhomlari” anʼanaviy respublika tanlov…


Tong nafasi ilhomlari


Erkin Vohidov


Mazkur Nizom Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning oʻz isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash maqsadida Prezident taʼlim muassasalari tizimidagi prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Tong nafasi ilhomlari” nomli anʼanaviy respublika tanlovini (keying oʻrinlarda – tanlov) oʻtkazish va ijodiy salohiyatga ega oʻquvchilarni aniqlash tartibini belgilaydi.

 

I. Umumiy qoidalar

Quyidagilar ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida tanlovni oʻtkazishning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi:

- oʻquvchilarning Erkin Vohidov hayoti va ijodini yanada chuqurroq oʻrganish jarayonida oʻz isteʼdodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish;

- oʻquvchilarning Erkin Vohidov hayoti va ijodi bilan bogʻliq holda nazm, nasr, badiiy publitsistika, badiiy tarjima, teleradiojurnalistika, adabiyotshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha isteʼdod va qiziqishlarini yanada oshirish;

- oʻquvchilarda Erkin Vohidov hayoti va ijodi misolida ona tilimiz, adabiyotimiz, jahon adabiyotiga nisbatan muhabbat tuygʻularini shakllantirish;

- badiiy ijodga qobiliyatli oʻquvchilarni aniqlash, ragʻbatlantirish va kamolotga yetkazish jarayonida ijod maktablari, ota-onalar, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligini kuchaytirish;

- ijodiy tanlov gʻoliblari orasidan kelgusida Erkin Vohidovdek ona tilimiz, adabiyotimiz sharafini yuksakka koʻtaradigan, zamonaviy bilimlarga ega, erkin fikrlaydigan, badiiy adabiyot va boshqa ijod sohalarida jahondagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan ijodkor shaxs boʻla oladigan oʻquvchilarni aniqlash.

 

II. Ijodiy tanlovni oʻtkazish tartibi

2.1. Tanlov ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:

- nazm yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlov ruhidagi sheʼrlar);

- nasr yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlov ruhidagi nasriy asarlar);

- badiiy tarjima yoʻnalishi (Erkin Vohidov asarlarining xorijiy tillarga tarjimalari);

- videoroliklar yoʻnalishi (Erkin Vohidov ijodiy asarlari asosida, 3 daqiqadan oshmagan holda);

- badiiy-publitsistika yoʻnalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlov ruhdagi maqolalar);

- Erkin Vohidov asarlari asosida eng yaxshi qoʻshiq yoʻnalishi (Videotasvirga olgan holda yuboriladi, fonogrammadan foydalanilgan ijodiy ish baholanmaydi);

- Erkin Vohidov asarlari asosida eng yaxshi sahna asari yoʻnalishi (Videotasvirga olgan holda yuboriladi, 10 daqiqadan oshmagan holda);

 2.2. “Tong nafasi ilhomlari” anʼanaviy respublika tanlovi 2 bosqichda amalga oshiriladi.

I bosqich: Hududlardagi prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda;

II bosqich: Final. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida.

 2.3. Tashkiliy qoʻmita tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish boʻyicha yagona ilmiy-ijodiy talablar asosida yondashuvni taʼminlaydi, hakamlar hayʼati, apellyatsiya komissiyalari tarkibini shakllantiradi, tanlov materiallarini toʻplash va saralash, test savollarini tayyorlashni tashkil etadi, baholash mezonlari va yakuniy natijalar chiqarish tartibini tasdiqlaydi.

2.4. Erkin Vohidov ijod maktabi maʼmuriyati tanlovni tasdiqlangan mezonlar asosida oshkoralik tamoyillariga amal qilgan holda oʻtkazish tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi.

2.5. Erkin Vohidov ijod maktabi maʼmuriyati tomonidan tanlovda barcha topshiriqlar va ularga qoʻyiladigan barcha talablar, baholash mezonlari oʻquvchilar yoshiga mos kelishi taʼminlanadi.

2.6 Tanlovini tashkil etish va oʻtkazish Erkin Vohidov ijod maktabi direktori va direktor oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.

2.7. Hududiy bosqichda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ijodiy ishlari  

+998 99 997 39 61 (https://t.me/MahmudxonKuchkarov) manziliga yuboriladi.

 

III. Hakamlar hayʼati

3.1. Tanlovga yuborilgan ijodiy ishlarni baholash uchun hakamlar hayʼati tuziladi va tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.

3.2. Tanlov hakamlar hayʼati tarkibiga Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi mutaxassislari kiritiladi.

3.3. Hakamlar hayʼati quyidagi vazifalarni bajaradi:

- tanlov ishtirokchilarining yozma ishlarini belgilangan mezonlar asosida tekshiradi va baholaydi;

- yoʻnalishlar boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydi;

- tanlov natijalari asosida belgilangan tartibda qaror matnini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;

- tanlov yakuniy natijalarini ishtirokchilar, ijod maktablari maʼmuriyati ishtirokida eʼlon qiladi;

- tanlov yakuniy natijalari haqida tashkiliy qoʻmitaga batafsil maʼlumot beradi;

- hakamlar hayʼati oʻz oralaridan hakamlar hayʼati raisini saylaydi;

 

IV. Apellyatsiya komissiyasi

4.1. Hakamlar hayʼati tarkibiga kirmagan bittadan yoʻnalish mutaxassislaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

4.2. Tashkiliy qoʻmita raisi bevosita apellyatsiya komissiyasi raisi hisoblanadi.

4.3. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan tanlov qatnashchilarining shikoyat va arizalari tanlov oʻtkazilgan kunning oʻzida qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

4.4. Ijodiy tanlov ishtirokchilarining arizalari apellyatsiya komissiyasi raisi, oʻquvchi, hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirokida apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

4.5. Apellyatsiyaga ijodiy tanlov ishtirokchilarining arizalari faqat oʻzi tomonidan bajarilgan ishlar boʻyicha koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.

4.6. Apellyatsiya komissiyasi zarur boʻlgan hollarda hakamlar hayʼati qarorini bekor qilish va unga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.

 

V. “Tong nafasi ilhomlari” anʼanaviy respublika tanlovi

gʻoliblarini ragʻbatlantirish

5.1. “Tong nafasi ilhomlari” nomli ijodiy tanlov ishtirokchilaridan har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar 1, 2, 3-oʻrinni egallagan gʻoliblar hisoblanadi.

5.2. Tanlovning har bir yoʻnalishdagi gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:

VII. Tanlovning oʻtkazilish muddati

 6.1. Tanlov quyidagi muddatda oʻtkaziladi:

- Hududiy bosqich 2022-yil 5-dekabrdan 20-dekabrga qadar;

- Respublika bosqichi 2022-yil 20-26-dekabr;

- Tanlov natijlarini e’lon qilish 2022-yil 28-dekabr.

Erkin Vohidov nomidagi ijod makatbi


Report Page