Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga sayohat

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga sayohat


Maktab-internat tarixiga bir nazar

Maktab 1976-yil 12-oktyabrda 624 o‘rinli binoda tashkil qilinib, unga yaxshi niyatlar bilan jahonda matematika ilmiga asos solgan eldoshimiz Al-Xorazmiy nomi berilgan. Maktabning birinchi direktori Abdusharif Xudoyberganov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sultonboy Saparboyev va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yo‘ldosh Jumaboyevlar hisoblanishadi. Maktab tashkil qilingan yili 570 nafar o‘quvchi va 57 nafar pedagog xodimlar bilan ish boshlagan. 1977-yil 1-sentabrdan boshlab maktabda matematika fani o‘qituvchisi R.Allaberganov rahbarligida matematika fani chuqur o‘rgatiladigan sinf ochilib, unga 26 nafar o‘quvchi olingan. Ularning 7 nafari oltin medal va 11 nafari “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan.
Maktab 1976-yilda 42-son Al-Xorazmiy nomli o‘rta ta’lim maktabi nomi bilan, 1985-yildan Al-Xorazmiy nomli 120-son “Yosh matematiklar va fiziklar maktab-internati” nomi bilan faoliyat olib borgan bo‘lsa, 1993-yilda muassasaga 1-son viloyat litseyi maqomi, 2005-yilda esa 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati maqomi berilgan. 2009- yildan ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan 1- ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati sifatida faoliyat yuritgan. 2021-yilda  Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro fizika va matematika maktab-internati sifatida qayta tashkil etilgan edi. 
Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi doimo yuqori bo‘lib kelgan. Bitiruvchilar orasidan  68 nafar fan nomzodlari, 36 nafar fan doktorlari yetishib chiqqan. Maktab-internatni tugatgan 2242 nafar bitiruvchi bugungi kunda nufuzli kasb va lavozimlarda faoliyat ko'rsatib kelmoqda.  
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sobiq Ittifoq olimpiadalarida faol ishtirok etgan o‘quvchilar soni 34 nafarni,  Respublika fan olimpialarida g‘olib bo‘lgan olimpiadachilar soni esa 51 nafarni tashkil qiladi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106 sonli “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish to'g'risida”gi farmoni asosida ushbu maktab-internat negizida Shovot tumanida ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil qilinib, 2022-yilning 5-sentabr kunidan dars jarayonlari boshlandi.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ochilish tadbiri
Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan maktab-internatda jami 13 ta sinf mavjud bo'lib, ularda 312 nafar o'quvchi tahsil olmoqdalar.

Jami o'quvchilar soni: 312 nafar, shundan 102 nafar qiz boladan iborat. 

Dars jarayoni
Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori:
Muzaffar Do'schanov
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari: Faxriddin Navruzov
O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: Gulshoda Matyaqubova
Ixtisoslashtirilgan maktab-internat maslahatchisi: Dilfuza Iskandarova

2020-yilda maktabning innovatsion o'quv jarayonini tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga ega bo'lgan zamonaviy kampusi barpo etilgan.

Maktab-internat binosining umumiy ko'rinishi

Maktab-internatda barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib, zamon talablariga to'laqonli javob beradi. O'quvchilarning ta'lim olishlari va dam olishlari uchun barcha sharoitlar yetarli.

Maktab-internat fasadi
Maktab-internat muzeyi

Ixtisoslashtirilgan maktab-internat majmuasi o'quv auditoriya xonalari, oshxona, kutubxona, 3 ta yotoqxona, mehmonxona, konferensiya zali, faollar zali, tibbiyot xonasi, sport zallaridan tashkil topgan.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internat kutubxonasi
Laboratoriya xonasi
Informatika xonasi
Maktab-internat sport zali
Ixtisoslashtirilgan maktab-internat mehmonxonasi
Yotoqxona
Yotoqxona
Maktab-internat oshxonasi
Maktab-internat oshxonasi
Faollar zali

Bugungi kunda Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda jami 38 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqdalar.

Shundan 34 nafari oliy, 2 nafari 1-toifali, 2 nafari 2-toifaga ega. Bundan tashqari, maktab-internatda 1 nafar  “Xalq o‘qituvchisi” unvoniga ega bo‘lgan o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. 6 nafar o‘qituvchi Davlat mukofotlari bilan, 10 nafar o‘qituvchi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishgan.
“Xalq o‘qituvchisi” unvoni sohibi matematika fani o'qituvchisi: Ahmed Sobirov
"Mehnat shuhrati" ordeni sohibi matematika fani o'qituvchisi: Abdulla Qo'charov
Mehnat shuhrat ordeni sohibi matematika fani o'qituvchisi: Ixtiyor Matmurotov

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatda har bir dars turli xil metodlardan va AKT dan foydanilgan holda olib boriladi.

O'qituvchilar dars jarayonida dam olish daqiqalarini ham turli mashqlar yordamida o'tkazishadi.

2022-noyabr oyida bo'lib o'tgan Asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida maktab-internat o'quvchilari bir qator yutuqlarga erishdilar. Jumladan,

  • informatika fanidan 9-sinf o'quvchisi Oktyabrov Umrbek Ulug'bek o'g'li faxrli II o'rinni,
  • fizika fanidan 9-sinf o'quvchisi Bozorboyev Xursandbek Muxtor o'g'li faxrli II o'rinni,
  • rus tili va adabiyoti fanidan 9-sinf o'quvchisi Matyusupova Hilola G'ayrat qizi III-o‘rinni qo'lga kiritishdi.

Bundan tashqari, ko'pchilik o'quvchilar Xalqaro olimpiadaning saralash bosqichida ham ishtirok etishga muvaffaq bo'lishdi.

Oktyabrov Umrbek
Bozorboyev Xursandbek
Matyusupova Hilola

Shuningdek, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari xalqaro sertifikatlarni ham qo'lga kiritishmoqda. Jumladan, Zaripov Dilmurod SAT(770), Sultonboyev Asadbek IELTS 5.5 ballni qo'lga kiritishdi. Qolgan o'quvchilar ham IELTS sertifikatlarini olish arafasidalar.

  • Zaripov Dilmurod $40 000 grant yutib olib Florida texnologiya institutiga o‘qishga qabul qilindi va Arizona universitetiga shartli qabul qilindi.

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo'yicha turli fan va madaniy to'garaklar tashkil qilingan. Ularning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo'yicha musiqa to'garagi doirasida - raqs, vokal ijrochilik, cholg'u ijrochiligi yo'nalishlarida iqtidorli va qiziquvchan o'quvchilar qamrab olingan.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o'z qobiliyatlarini namoyish qilishlari uchun voleybol, stol tennisi, badminton, shaxmat, futbol kabi sport to'garaklari tashkil qilingan. To'garak doirasida turli musobaqalar tashkil qilinadi.

Musiqa to'garagi
Shaxmat to'garagi

Maktab-internat psixologi tomonidan har hafta "Ruhiyat olami" to'garagi o'tiladi. Bundan tashqari sinflarda turli xil treninglar o'tkaziladi.

Psixologik trening
Psixologik trening

O'qituvchilar o'rtasida va o'quvchilar o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yini turnirlarini o'tkazish ham an’anaga aylangan.

"Besh tashabbus" doirasida turli xil tadbirlar va tanlovlar o'tkazilib kelinmoqda.

"Yosh kitobxon" ko'rik tanlovi
"Yosh dasturchi" ko'rik tanlovi
Kubik-rubik musobaqasi

Bundan tashqari, har oyda fan oyligi doirasida ochiq darslar hamda tadbir va tanlovlar o'tkaziladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatning tibbiy xizmati boshqa maktablarning tibbiy xizmatidan farqli o'laroq sifat jihatdan boshqacha darajada ishlaydi. Har bir bola bilan ishlash maktab-internat shifokori hamda hamshirasining asosiy vazifasidir.

O'quv dargohida darslar va to'garaklardan keyin sinf tarbiyachilari tomonidan mashg'ulotlar o'tkaziladi. Bunda o'quvchilar darslarda berilgan uyga vazifalari hamda topshiriqlarni bajarishadi.
Maktab-internatning asosiy maqsadi: xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratishdan iborat.



Maktab-internat veb-sayti: specializedschool.uz

Telegram kanali: t.me/shovotPIIMAschool

Instagram kanali:http://instagram.com/shovot_specializedschool

Facebook kanali:http://facebook.com/shovot.ixtisoslashtirilgan.maktab.internat


🌐 Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi

https://t.me/piima_xorazm



















Report Page