"Uzbekistan GTL" MChJ tomonidan taʼlim-ishlab chiqarish klasteri doirasida Buxoro muhandislik texnologiya institutida imtihonlar tashkil etildi. 

"Uzbekistan GTL" MChJ tomonidan taʼlim-ishlab chiqarish klasteri doirasida Buxoro muhandislik texnologiya institutida imtihonlar tashkil etildi. 

Uzbekistan GTL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 7 iyuldagi 309-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturi doirasida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida "Uzbekistan GTL" MChJ tomonidan yoshlar bandligini ta'minlash, iqtidorli va bilimli yoshlarni saralash hamda korxonaning kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida ikki bosqichli imtihonlar tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan imtihonlarda mexanika, neft va gaz, issiqlik energetikasi, elektr energetikasi, kimyo-texnologiya va laboratoriya yo'nalishlari boʻyicha jami 200 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi.

Imtihonlar ikki bosqichda tashkil qilingan bo'lib, birinchi bosqichda nomzodlar mutaxassisligi doirasida yozma imtihon topshirib, yuqori natijalarni ko'rsatgan nomzodlar suhbat jarayoniga jalb qilindi.

"Uzbekistan GTL" MChJ mutaxassislari tomonidan ijobiy baholangan bitiruvchi talabalar Jamiyatning kadrlar zaxirasi ro'yxatiga kiritildi hamda kelgusida ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish bo'yicha tavsiyalar beriladi.

"Uzbekistan GTL" MChJ PR xizmati

Report Page