Prezident farmoni

Prezident farmoni

@Abituriyent Axborot Portali

Prezident yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir farmonga imzo chekdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi.

 


Hujjat bilan:

 

▫️2021-yilning avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan har bir farzandlari (oʻquv qurollari, kitob, kiyim-kechak) uchun 500 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi. Ushbu maqsadlar uchun 128 ming bolaga Davlat byudjetidan mablagʻ ajratiladi.

 

▫️“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan farzandlarining 2021/2022 oʻquv yilida toʻlov-kontrakt summasi birinchi oʻquv yili uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

 

▫️“Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun 33 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi. 2 mingta yosh oilalarni uy-joy sotib olish uchun boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarini qoplashga Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi.

 

▫️2021-yil 1-sentyabrdan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi — 14 foiz miqdorida imtiyozli taʼlim kreditlarini berish joriy etiladi.

 

▫️Nufuzli xalqaro reyting agentliklarining yetakchi 500 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qoʻshimchalar toʻlash tizimi joriy etiladi.

 

▫️2021-yil sentyabr oyidan boshlab, Toshkent shahrida ilgʻor xorijiy tajriba asosida Yoshlar biznes maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unda shu yilda 1,4 ming nafar yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritishda yaxshi natijalarga erishish va xavf-xatarlardan himoyalanish usullari oʻrgatiladi. 2022-yilda Yoshlar biznes maktabining respublika miqiyosida filiallari tashkil etiladi.

 

▫️2021-yil 1-sentyabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap loyihalari tanlovi doirasida har bir tuman va shaharda 3 nafardan gʻoliblarga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi. Loyihalarni har biri uchun 50 mln soʻmlik grantlar beriladi.


Telegram: https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm49JBtinLlDLBw

Report Page