“Prezident archasi” tadbirlari bolajonlarga quvonch ulashmoqda

“Prezident archasi” tadbirlari bolajonlarga quvonch ulashmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-dekabrdagi “Prezident archasi” tadbirini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada tashkil etish toʻgʻrisida”gi bayoni bilan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga joriy yilgi “Prezident archasi” tadbiri doirasida Prezident sovgʻalari tarqatilmoqda.

Jumladan, mazkur tadbirlar doirasida Samarqand viloyatida ham 795ta sovgʻa “Prezident archasi” tadbirlarida Mehribonlik uylari, “SOS bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, Vatanimiz tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash uchun xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining farzandlari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga ulashilmoqda.

“Prezident archasi” tadbirida qatnashuvchi bolalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etiladigan turli oʻquv qurollari, shirinliklar, oʻyinchoqlar va bu yildan eʼtiboran yoshlarning axborot-kommunikatsiyalari sohasidagi zakovatini oshirish maqsadida planshetlar ham sovgʻa sifatida taqdim etilmoqda. Mazkur jarayonlarda turizm va sport vazirining oʻrinbosari Avazjon Karimov ham ishtirok etdi.


Report Page