Pretty and dangerous

Pretty and dangerous

Written by Chin Seo

Shahi ish qidirib kechgacha sarson bo'ldi.Oxiri bir butikdan ish topdi.


-- Bizda yangi ishchilarni Jesun xonim tanlaydilar.Ularni xonalari chapdan 3-eshik


Shahi: Rahmat sizga kattakon


Shahi ishchi ko'rsatgan xonaga bordi.Eshikni taqillatdi.


Jesun: Kiring


Shahi ichkariga kirdi.Kirdi-yu hayron qoldi.Jesun xonim deganlari o'zi tengi qiz.Nima bu hazilmi??


Shahi: Menga Jesun xonim kerak edilar


Jesun: Osha Jesun xonim Men man


Shahi: Hazillashmang


Jesun: Nega ishonmaysiz


Shahi ish stoli ustidagi suratni ko'rganidan keyin uni hazillashmayotganini payqadi.


Shahi: Menga ish berolasizmi qanday ish bo'lsa ham mayli ishdan qochmayman


Jesun: Hmmm ishdan qochmaysizmi


Shahi: Yo'q


Jesun: Unda jonli model bo'lasiz butikimizga kirgan har bitta ayol kiyimlarni o'ziga qanday turishini tashqi tomondan ko'rgisi keladi shuning uchun ham jonli model topmoqchi bo'lgandim menimcha siz to'gri kelasiz qani aylaningchi


Shahi hayron bo'lib aylanib ko'rdi.


Jesun: Juda yaxshi qomatingiz mos keladi ish haqqingizni 70000 dollarda beraman


Shahi: Nimaaa😮


Jesun: Kammi?


Shahi: Yo'q bu... juda katta summa


Jesun: Ishingiz shunga arziydi.Unda siz 1 oylik sinov muddatidasiz 5 kundan keyin ish boshlashingiz mumkin chunki men kerakli detallarni hali tayyorlatmadim


Shahi: Hop Rahmat sizga☺


Shahi xursand holda Jeonlar xonadoniga qaytdi.


Myeon: Hmm Shahi xursandsan


Shahi: Myeon meni tabrikla ish topdim


Myeon: Yogee rostanmi qanaqa ish


Shahi: Butikda jonli model bo'larkanman


Myeon: Oooo hammani yuragi tars yorilib ketsa kerak


Shahi: Bilmadim lekin menga judayam yoqdi maoshi ham joyida


Myeon: Tabriklayman meniyam olib borarsan


Shahi: Albatta


Myeon: Haa aytgancha Shahi narsalaringni tayyorla ertaga ertalab yo'lga tushamiz


Shahi: Lekin 5 kundan keyin ishga chiqishim kerak


Myeon: Biz 3 kunda qaytamiz Shahi😂


Shahi: Unda mayli xayrli tun


Myeon: Senga ham😊


Shahi xonasiga kirib oyisiga qo'ngiroq qildi.Uzoq suhbatlashdi.Hamma narsani aytib berdi.Keyin narsalarini yig'ishtirib uxlab qoldi.


Ertalab soat 6:00

Shahi ornidan turib yuvindi va pastga tushdi.Uy jimjit.Hamma qayerga ketdi.


Jungkook: Xayrli tong


Shahi: Voy


Jungkook: Qo'rqib ketdimi


Shahi: Biroz


Jungkook: Tayyorlan ketamiz


Shahi: Misun xonim bn Myeon...


Jungkook: Ular ketib bo'lishdi seni men olib borarkanman


Shahi: Voooy nega??


Jungkook: Bilmadim sen bn koproq bo'lgim kelyapti


Shahi:Nima😯


Jungkook: Obbo Myeon ertalabdan injiqlik qildi shuning uchun oyimni mashinasida ketishdi sen men bn ketasan shuni anglab yetish qiyinmi


Shahi: Togriroq tushuntirsangiz nima bo'lardi


Jungkook: Gapni chozma bor narsalaringni olib tush men mashinada bo'laman


Shahi xonasiga ko'tarilib kecha tayyorlab qo'ygan narsalarini olib tushdi.Qarasa Jungkook uni mashina ruliga suyanib kutib turardi.

Shahi mashinaning oldi o'rindig'iga o'tirdi va ular yo'lga tushishdi.Jungkook yo'l bo'yi jim ketardi.Shahi zerikib atrofni tomosha qilishni boshladi.


Jungkook: Busanda tugilganman dee


Shahi: Haa


Jungkook: Uyerda ish qurib qolibdimi


Shahi: Qurib qolibdida endi nima qilamiz


Jungkook: Buni gapini tagiga zahariyam bor


Shahi: Siz uchun maxsus😑


Shu payt mashina birdan chayqala boshladi.


Shahi: Nima bo'lyapti


Jungkook: Balon teshildi uffff


Jungkook mashinasini yo'lni chetiga to'xtadi.To'xtagan yerlarida hech kim yo'q.Dashtga o'xshaydi.Faqat uzoqdan uylar ko'rinadi.


Jungkook mashinadan tushib balonni jahl bn tepdi.


Jungkook: Seni aybing bn bo'ldi


Shahi: Hmmmm meni aybim bn siz tomondagi balon teshildi.Zahira baloningiz yo'qmi


Jungkook: Qarayaa shu hayolimga kelmapti rahmat


Shahi: Crazyy


Jungkook: Witch


Shahi: Nimaa


Jungkook: Yalmog'iz dedim yalmog'iz


Shahi: O'ziz yalmog'iz


Jungkook bagajni ochib zahira balonini oldi.


Jungkook: Balonni ushlab tur


Shahi ensasini qotirib balonni ushlab turdi.


Jungkook: Buniyam ushla


Shahi: Komissarim ozi qolim bor


Jungkook: Kop gapirma ushla dedim


Shahi Jungkook uzatgan narsani olaman deb balonni qo'yib yubordi.Balon dumalab ketdii.


Shahi: Vooy balon😱


Jungkook: Viiiy jin ursin


Jungkook balonni ortidan yugurib ketdi.Shahi ham uni ortidan yugurdi.


Jungkook: Palakattt yaxshilab ushlasang bolmasmidi


Shahi: Menga o'shqiravermang ozingiz meni temir tersakka ko'mib tashladingiZ


Jungkook: Ahh Shahi Shahi


Balon dumalab botqoqlikka tushib ketdi.Jungkook ham tushmoqchi bo'lganda loyga yiqilib tushdi.Shahi buni korib kulib yubordi.

Jungkook tez o'rnidan turib jahl bn Shahiga qaradi.

Jungkook: Kechirasanu nega kulyapsan


Shahi: Bilmadim juda kulgili ko'rindingiz


Jungkook: Kulmaa

Jungkook balonni olish uchun chozildi.Qoli yetmadi.2-urinishda balonni oldi va botqoqdan olib chiqdi.


Shahi: Qolganini ozingiz eplarsiz


Shahi endi ketmoqchi bolganda oyogi sirpanib ketdi va u ham loyga yiqildi.Jungkook ham unga qarab qah-qah urib kuldi.

Shahi: Siz nega kuldingiz😡


Jungkook: Qaytar dunyoo😂


Jungkook mashinasini balonini almashtirdi keyin ular yana yo'lga tushishdi.Ikkisiniyam kiyimlari loy edi.


Tog' etagidagi uyga ham yetib kelishdi


Shahi: Vooy daxshaat😰😰


Myeon: Shahi qayerda qoldila.Voy kiyimlarizga nima qildi


Jungkook: Yo'lda yomg'ir yog'di


Myeon: Mashinani ichigacha yomg'ir kirgan keyin siz loy bo'lgansiz shundaymi


Jungkook: Aynan shunday qoch


Jungkook Myeonni nari surib uyga kirib ketdi.


Myeon: Shahi nima bo'ldi


Shahi: Keyin aytib beraman


Myeon: Bopti yur







Report Page