Pretty Lie💜

Pretty Lie💜

Kim_Arene🌊

Pretty Lie💜


Sen va Taehyung maktabdagi eng aqlli va obro'li o'quvchisizlar. Shu sababdan bo'lsa kerak bir-biringizda juda yomon ko'rasiz(albatta boshqalar shunday o'ylaydi, o'zingiz ham🌚) Doimo bir biringizga qitmirchiliklar qilib yurasizlar. Mana bugun ham Taehyung sening asabinnga tegmoqchi bo'lib, darsdan keyin xona eshigini qulflab qo'ydi.


Sen bugun navbatchi eding, shu sabab darsdan keyin qolganding. Hamma ishlaringni qilib bo'lib, eshikni ochmoqchi bo'lding, ammo eshik ochilmadi, qayta-qayta urunishlar, bari befoyda. Endi sen qo'rqa boshlading. Chunki xuddi shu voqea sen bilan eski maktabingda ham takrorlangan edi, seni yomon ko'radigan qizlar o'rta maktabdaligingda eshikni qulflab qo'yishgandi, sen esa bir kun xonada qolib ketganding. Bu juda daxshatli edi, sovuq va qorong'u xona...


Endi sen baqirib yordam so'ray boshlading.


- Yordam bering, iltimos - Taehyung seni gaplaringni eshik tashqarisida eshitib kulib turardi


- S/I xonim bu kecha hammani oldida ustimga ovqat to'kib, sharmanda qilganing uchun jazo


Ichkaridan ovoz kelmay qoldi, *Jimlik* 


Taehyung eshik tirqishidan qaradi, hech kim yo'q. 


U endi sendam xavotilana boshladi. Xona eshigini ochib ichkariga kirdi


- S/I - javob kelmadi.


Sen xona burchagida qo'ling bilan qulog'ingni yopgancha o'tirarding.


Taehyung seni bu ahvolda ko'rib qo'rqib ketdi. 


U oldinga yugurib bordi.


- S/I o'zinnga kel, S/I yaxshimisan 


Sen sekin unga qarading, ammo bir so'z aytolmasding. Tae sekin seni qo'lingdan ushlab, stulga o'tkazdi. U seni qo'lingni ushladi.


- O yo'q, hamma joying muzlab ketibtiku


U orqadan kurtangni olib ustinnga kiydirib qo'ydi. Sen esa hech nima deyolmay hamon qotib turarding.


U o'z sumkasidan, termizni olib, senga issiq choy quyib berdi.

S/I
Taehyung


¤


- O'zinnga keldingmi?


Sen issiq choydan ho'plarkansan: Ha


- Xursandman


- Qoyil, kap-katta bo'lsang ham sumkangda termiz olib yurarkansan - sen hazil qilishga urunding


- Ha, oyim solib qo'yadilar


- Taehyung


- Ha


- Rahmat senga.


U jilmaydi.


- Men o'rta maktabdaligimda, meni xonaga qamab qo'yishgan va men 1 kun u yerda qolib ketganman. O'shanda ham qish edi. Bu juda qo'rqinchli edi. Shu sabab hozir o'zimni yo'qotib qo'ydim. Senga yana bir bor rahmat


- "E Xudo bu ishni men qilganimni bilsa nima qiladi" Arzimaydi.


- Taehyung


- Ha


- Men endi sen bilan urshishni istamayman, balki do'st bo'larmiz


- Men rozi


- Kelishdik


*Sukunat*


- Men endi uyga boraqolay - o'rningdan turding


- S/I shoshma


- Ha


- Bir gap aytsam xafa bo'lmaysanmi


- Aytchi


- Avval xafa bo'lmayman de


- Hop


- Bu ishni men qilgandim


- Nimaa


- Sen meni ustimga ovqat to'kkaning uchun, buni men qilgandim


- Sendan hafsalam pir bo'ldi - ko'zlaring yoshlangancha ketib qolding. 


Taehyung esa o'zidan nafratlangancha qoldi.


¤


- Nima - Jimin ko'zi qinidan chiqqudek bo'lib Taega qaradi


- Sen jinnimisan! Unga nega bunday qilding. Axir uni sevasanku.


- O'zim ham bilmayman, shunchaki hazil qilmoqchi edim. Hammasi yomon bo'ldi. Endi u sevgimni qabul qilmaydi


- Sen o'zi ahmoqsan, u sinfga kelgandan buyon uni sevasan, ammo u bilan o'yin o'ynab, dushmanchilik qilih yurasiz - ramyonini yegancha gapirdi Jungkook

Jungkook


- Uni o'ziku, kelgan kunidan meni asabimga tegishni boshlagan 


Jimin: Ex ahmoq sevishganlar.


Taehyung: Nima bo'lsa bo'ldi. 5 kundan keyin S/I ga sevgi izhor qilaman


Jungkook: Tug'ilgan kuningdami


Tae: Ha


Jimin: Agar sevgingni qabul qilmasa nima qilasan


Tae: Ketaman


Jungkook & Jimin: Nima


Tae: Afsuski shunday, uni boshqa ko'rib qiynalishni istamayman


Jimin: Sen ahmoqsan


Tae: Bilaman....


*Jiring jiring* qo'ng'iroq chalinib, tannafus tugadi. Hamma o'z sinfxonasiga kirib ketdi. 

Jimin


¤ 


29-dekabr


Suna: Qiziq Taehyung shu kunlarda juda homush yuribti. Oldingidek S/I bilan janjallashmayabti, kulmayabti. Unga nimadir bo'lganmikan


Semi: Ha rostan ham. S/I sen ubu narsa bilasanmi


- A


Semi: Taehyung shu kunlarda xafa, sababini bilmaysanmi


- Men qayerdan bilay, bu uni hayoti


Suna: Qiziq


Semi: Bo'rini eslasang qulog'i ko'rinadi, ana Taehyungning o'zi kelyabti


Sen Taega qarading, u sizlar tomon kelayotgandi.

S/I
Semi
Suna

Taehyung: Salom qizlar


Semi & Suna: Salom


- Ertaga 18ga to'lishim munosabati bilan, bayram uyushtirayorgandim, kelasiz degan umiddaman - deya taklofnomalarni berdi.


U senga ham taklifnoma berdi, ammo sen indamay o'rnigdan turib ketib qolding.


Sen oshxonadan chiqarkansan Jungkookga turtilib ketding


Jungkook: S/I shoshma sen bilan gaplashib olishim kerak


S/I: Nima gaping bor


Jungkook: Bu yerda bo'lmaydi, tomda gaplashaylik, bu juda muhim


Sizlar tomga chiqdingiz.


Sen: Gapir


Jungkook senga qarab turdida yig'lab yubordi


Sen: Yaaa nega yig'layabsan


U sekin ko'z yoshlarini artdi va senga qaradi


- Taehyung 


Sen: Nima Taehyung


- U o'lyabti


- Nimaa - sening boshinnga og'riq kirdi


- Gapingni o'ylab gapir, bu navbatdagi hazilmi


Jungkook: Bu hazil emas, uning miyasidan o'simta chiqibti, doktorlar 1 oy umri qolganini aytishdi


Sening oyoq qo'ling muzlab qoldi, yerga o'tirib qolding, ko'zlaringdan yoshlar dumalay boshladi


Jungkook: S/I iltimos uni umrining oxirgi kunlarida baxtli qil. U seni sevadi. Ammo buni eshitib tushkunlikka tushib qoldi.


- Bu hazil deb ayt


Jungkook: Bu hazil emas


Sen o'zingni to'xtata olmay yig'larding, butun dunyo to'xtab qolgandek edi go'yo.


Sen uzoq yig'lading, so'ng o'zingni qo'lga olib darsga kirding. 

Jungkook
S/I



¤


30-dekabr. Sen Taehyungning tug'ilgan kuni uchun tayyorgarlik ko'rayotganding, yig'layverib ko'zlaring shishib ketgandi. Pardoz qilib ularni berkitishga urunding.


Oynaga qarab turarkansan yana ko'zlaring yoshlana boshladi.


- Nima uchun?! Nega seni topganimda mendan ketyabsan?! 


Sen o'zingni tutib turolmading, yig'lab yubording. Hamma makiyajing o'chdi


- S/I sen uning oldiga borishing kerak! U uchun


Sen qayta makiyaj qilib, tug'ilgan kun bo'layotgan restorangga yo'l olding. 


¤


Sen restorannga kirding, allaqachon odamlar ko'payib bo'lgandi.


Sen ko'zing bilan Taehyungni qidira boshlading


Birdan u senj oldingdan chiqib seni quchib oldi


- Kelmaysan deb o'ylagandim


Sen ko'z yoshlaringni zo'rg'a tiyib javob berding: Lekin keldim


- Diqqat diqqat, tug'ilgan kun egasi, tortni kesadi


Tae tortni kesdi.


- Uuu qarsaklar


Ko'pchilik o'z tilaklarini aytdi. Sen esa yig'lamaslikka urunarding


- Buh - Tae jilmayib qarshingda paydo bo'ldi


- Aaa sen teleportatsiya qila olasanmi nima balo - sen soxta jilmayding


- Yur senga gapim bor - u seni qo'lingdan ushlab, tomga eng yuqori qavatga olib chiqib ketdi.


¤


Tom🏢


- S/I bilasanmi, bugun men uchun eng baxtli kun! Chunki sen mening yonimdasan. Senga bu gaplarni anchadan beri aytishni o'ylab yurgandim. Sen men uchun eng qadrli insonsan, seni ilk bor ko'rganimdayoq yuragim o'zgacha ura boshladi, o'sha kundan boshlab baxtni his qildim. S/I hamma senga qilgan ishlarim uchun kechir iltimos. Bundan keyin seni asabinnga tegmaslikka va'da beraman 


Yoshlangan ko'zlaring bilan kulding


- Qalbim gavhari men seni sevib qoldim, iltimos meni rad etma


Sen yig'larkansan, qalbing ham baxtda, ham azobda edi.


- Men ham seni sevaman. 


- Meni dunyodagi eng baxtli isnonga aylantirding - u seni qattiq bag'riga bosdi. 


So'ng senga qarab jilmaydi, va sendan bo'sa oldi.....


Sizlar bir-biringizni bag'ringizga bosganingizcha turardingiz.


Birdan "Uuuuu tabriklaymiz" degan ovozlar eshitildi.


Sen va Taehyung shartta ovoz kelgan tomonga qaradingiz.


Jungkook va Jimin qo'lida fotoaparat bilan irshaygancha turardi.

Sening ko'zlaring kosasidan chiqqudek bo'lib, tirjayib turgan Jungkook va Jiminga qarading


Jungkook: Kechir S/I bu yolg'on edi. Sen va Taehyungni topishtirish uchun ozgina yolg'on ishlatdik


Sen va Taehyung: Nimaaa


Jungkook: Menga bunday qaramang, bu fikr Jimindan chiqdi. 


Jimin: Yaa aldayabti


Sen jahl bilan oldiga yura boshlading.


Jimin: Jungkook


Jungkook: Jimin


- Qochdik


Ular qochib ketishdi, sen esa ularga yetolmay qolding

Jungkook
Jimin


- Bu qilig'ingiz uchun javob berasiz, ahmoqlar


Taehyung: Ular nima haqida gapirishdi


Sen Taega hammasini aytib berding


Taehyung o'zini kulgidan to'xtata olmay qoldi


- Nega kulyabsan😡


Tae: Bu juda ajoyib bo'ldi.


- Nimasi ajoyib, ular meni aldashdi

Tae: Agar ular bu yolg'onni to'qishmaganda, sen sevgingni tan olmasding


- Ajab bo'pti


Tae: Bilasanmi, bu men uchun eng ajoyib tug'ilgan kun bo'ldi


- Nega


- Chunki eng katta sovg'alarni oldim


- Nima ekan


U senga qaradi va: Seni muhabbating va... - labiga barmog'i bilan tegdi


- Yaa ahmoq - sen uyalgancha ketib qolding


Tae: Seni sevaman🗣

S/I
Taehyung


Tae osmonga termulgancha turarkan telefoniga 2ta SMS keldi


Birinchi Jungkookdan: Bro bizning sovg'amiz senga yoqdi degan umiddamiz😉 baxtli bo'ling


Ikkinchisi sendan: Men ham seni sevaman ahmoq


Tamom

#Kim_Arene🌊

Report Page