Poytaxtimizning “Jar” sport majmuasida yoshlar uchun yirik sport festivali o‘tkaziladi
Toshkent shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati
“Jar” sport majmuasida 28-29-iyun kunlari “Yoshlar kuni” munosabati bilan poytaxtimizda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida sport festivali bo'lib o'tadi.
Unda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoalari ishtirok etadi.
Festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yosh avlodni sportga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport turlarini aholi orasida ommalashtirish va yanada rivojlantirish, musobaqalarni o‘tkazish orqali o‘smirlar va yoshlarning irodasi, o‘z kuchi, imkoniyatiga bo‘lgan ishonchini, mardlik hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishdan iborat.
Musobaqalar sportning voleybol (o‘g‘il bolalar va qizlar), badminton, shaxmat, stol tennisi, kurash, qo‘l jangi, ko‘cha sporti (Street Workout), ko‘cha basketboli (Street Ball), armrestling, bahodirlar o‘yini, futbol hamda yengil atletikaning yugurish turlari bo‘yicha tashkil etiladi.
“Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli sport-sog‘lomlashtirish kompleksi, ya'ni “Jar” sport majmuasida 28-29 iyun' kunlari o‘tkaziladi. Har bir ishtirokchi faqat bitta sport turida qatnashish huquqiga ega.
Musobaqada Toshkent shahridagi 12ta tuman vakillari har bir sport turidan bitta jamoa bo‘lib qatnashishi mumkin. Talabnomalar Nizomga asosan 25-iyun kuni soat 18:00ga qadar topshirilishi belgilangan.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlarni mazkur sport festivalida faol qatnashishga chaqiramiz!
www.facebook.com www.instagram.com www.visittashkent.uz
В столичном спорткомплексе "Jar" пройдёт масштабный молодежный спортивный фестиваль

28-29 июня в спортивном комплексе «Jar»(Джар) по случаю "Дня молодежи" пройдет спортивный фестиваль для молодежи в возрасте от 18 до 30 лет под девизом «Объединим молодежь Нового Узбекистана!».
В нем примут участие молодежные группы от 18 до 30 лет, проживающие в Ташкенте.
Цель фестиваля - популяризация здорового образа жизни через вовлечение подрастающего поколения в спорт, продвижение и дальнейшее развитие спорта среди населения, укрепление силы воли, возможностей подростков и молодежи посредством соревнований, укрепление в них уверенности, мужества и чувства патриотизма.
В фестивале будут организованы соревнования по волейболу (юноши и девушки), бадминтону, шахматам, настольному теннису, борьбе, рукопашному бою, уличным видам спорта (Street Workout), уличному баскетболу (Street Ball), армрестлингу, по игре богатырей, футболу и легкой атлетике.
Спортивные соревнования под девизом «Объединим молодежь Нового Узбекистана!» пройдут 28-29 июня в спорткомплексе «Jar» при МВД Республики Узбекистан. Каждый участник имеет право выбрать только один вид спорта.
Представители 12 районов Ташкента могут принять участие в соревнованиях в составе одной команды по каждому виду спорта. Заявки должны быть поданы до 18:00 25 июня, согласно регламенту.
Приглашаем всех молодых людей в возрасте от 18 до 30 лет, проживающих в Ташкенте, принять активное участие в этом спортивном фестивале!
Пресс-служба Главного управления Туризма и спорта города Ташкента