Poytaxtimizda “Yoshlar, Ekologiya va Qonunchilik” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi

Poytaxtimizda “Yoshlar, Ekologiya va Qonunchilik” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi

O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti

Havo tarkibida karbonat angidridning oshishi, chiqindi gazlarning me'yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil bo'lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik muammo — global iqlim o'zgarishi yuzaga keldi.

Shuningdek, ozon qatlamining yemirilishi, dunyo okeanining ifloslanishi, tuproq unumdor qatlamining yo'qolib borishi, tropik o'rmonlarning kesilishi, cho'llanish, chuchuk suv manbalari va bioxilmaxillikning kamayishi, maishiy chiqindilarning ko'payishi, kimyoviy va toksik moddalarni zararsizlantirish kabi ekologik inqirozlar allaqachon bir davlat chegarasidan chiqib, tom ma'noda global ekologik muammolarga aylandi.

Yurtimizda bu kabi muammolarga qarshi kurashish, aholida ekologik madaniyatni shakllantirish borasida O’zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ko’plab targ’ibot tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun Toshkent soliq texnikumida O`zbekiston Ekologik partiyasi Uchtepa tumani Kengashi tomonidan “Yoshlar, Ekologiya va Qonunchilik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Senatining Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo’mitasi raisi o’rinbosari, senator Botir Matmuradov, O’zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva, Ekopartiya Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjaeva, Ekopartiya “Yoshlar va Ayollar qanoti” a`zolari, tehnikumda taxsil oluvchi talaba yoshlar va o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida mutahassislar bugungi kunda aholi sonining o'sishi, fan va texnika taraqqiyoti, inson ehtiyojlarining ortishi oqibatida yer yuzida qator ekologik muammolar yuzaga kelgani, shu bois, bugungi kunda sof tabiat haqida gap yuritish mushkul ekanligi borasida tadbir ishtirokchilariga tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng ta’lim muassasasi mutasaddilari bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilib yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga jiddiyroq e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan takliflar bildirishdi.

O`zbekiston Ekologik partiyasi

Toshkent shahar Kengashi

                                                                                                                                 

Report Page