Poytaxtimizda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Poytaxtimizda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda


Bugun Toshkent shahridagi "Kongress-xoll" binosida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Anjumanda dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan murojaati o‘qib eshittirildi.

Nufuzli tadbirda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, Amerika, Yaqin va O‘rta Sharq, Osiyo-Tinch okeani mintaqalarining Afg‘onistonda barqarorlikni tiklashga bevosita jalb etilgan 20 dan ortiq davlatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, o‘nlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, BMT, Yevropa Ittifoqi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanhay hamkorlik tashkiloti rahbarlari va mutaxassislari, Afg‘oniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasi, shuningdek, mamlakatimiz vazirlik hamda idoralar mutasaddilari ishtirok etmoqda. 

Kunning birunchi qismida xalqaro konferensiya doirasida qo‘shni Afg‘onistonda iqtisodiy barqarorlikni tiklashga qaratilgan gumanitar va infratuzilma loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi, shuningdek, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va bir qator davlatlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari ma’ruzalari tinglandi.

Birozdan so‘ng Oliy va oֲ‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov va bir qator xorijiy hamkorlar ishtirokida “Gumanitar rivojlanish – Afg‘onistonni farovon kelajakka eltuvchi yo‘l” mavzusidagi tadbir boshlanadi.


Report Page