Poytaxtimizda "12-may Ekologik ta'lim kuni" munosabati bilan Ekofestival o‘tkazildi

Poytaxtimizda "12-may Ekologik ta'lim kuni" munosabati bilan Ekofestival o‘tkazildi

O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti

Joriy yilning 6-7 may kunlari Toshkent hayvonot bog‘ida "HAYOT" qarovsiz hayvonlarni himoya qilish jamiyati NNT, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi, Tabiat Resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamorlikda "12-may Ekologik ta'lim kuni" munosabati bilan fauna va florani asrab-avaylashga bag‘ishlangan “ ekofestival bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti raislari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va Shayxontoxur tumani Kengashi deputatlari, Milliy gvardiya vakillari, Toshkent shahar IIB xodimlari, Ekopartiya Uchtepa tumani partiya tashkiloti raisi, O‘zbekiston ekologik harakati vakillari, "HAYOT" qarovsiz hayvonlarni himoya qilish jamiyati NNT xodimlari, Tabiat Resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi vakillari, o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilari, homiy tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Ekofestivalda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Aminov, "HAYOT" qarovsiz hayvonlarni himoya qilish jamiyati NNT rahbari I.Matkarimova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi S.Fayzieva, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati V.Alimova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti raisi A.Begimova, Xalq deputatlari Shayxontoxur tumani kengashi deputati Saidrasul Rasulevlar so‘zga chiqib, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish — bugungi avlod vakillarining muhim vazifasi ekanligi, ekologik ta'lim va madaniyat tushunchasini teran anglash, oila, maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab bolalarda tabiatga mehr-muhabbat ruhini shakllantirish, ekologiyaga oid bilimlarni yoshlar ongiga singdirish lozimligini, hamda yoshlarni uy hayvonlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik qilish va qayg‘urish lozimligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdilar.

Tadbirda bolalar tomonidan o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab avaylashga qaratilgan turli xildagi viktorinalar o‘tkazildi va maktab o‘quvchilari o‘zlarini sahna ko‘rinishlari bilan chiqdilar.

Shuningdek, Ekofestivalda “Nex Market”, “Next mall” va “Ice city” muz majmuasidan bolalar bilan birgalikda “Ekologiya nima?”, “Hayvonlarga mehr-shafqatda bo‘laylik!” mavzularida viktorina savol javoblari o‘tkazildi, g‘oliblarga sovg‘alar topshirildi, hamda animatorlar ishtirokida bolalar uchun shou-dasturlar o‘tkazilib, “Men ekologiyani- hayvonlarni yaxshi ko‘raman” shiori ostida bolalar o‘rtasida rasm chizish tanlovlari o‘tkazildi.

Tadbir yakunida boshpanasiz qolgan, maxsus emlash va pasportga ega kuchuk hamda mushuklar mehrli qalbga ega bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolari tomonidan ixtiyoriy tarzda asrab olinib, uylariga olib ketildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Toshkent shahar partiya tashkiloti

Report Page