Poytaxtga olib oʻtilayotgan 800 mingdan ortiq pirotexnika vositalari Toshkent viloyatida ushlab qolindi
IIBB Axborot xizmatiTezkor-profilaktik tadbirlarning dolzarb 40 kunligi doirasida viloyat IIBB va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida pirotexnika vositalarini muomalaga kiritilishining oldini olish boʻyicha nazorat-reyd tadbirlari kuchaytirilgan.
Misol uchun, kuni kecha Ohangaron tumanida Vodiy-Toshkent yoʻnalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan "Isuzu" yuk mashinasi hududiy IIB, DXX va Bojxona xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda tekshirildi.
Natijada daraxt koʻchatlari ostiga berkitilgan holatda, karton qutlarga joylashtirilgan qiymati 144 mln soʻm boʻlgan pirotexnika vositalari borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.
Umuman, mazkur yoʻnalishda oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida turli hajm va koʻrinishdagi umumiy qiymati 356,4 mln soʻm boʻlgan 805 ming dona pirotexnika vositalari aniqlangan va qonuniy tartibda muomaladan olingan.
Hududda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadiga qaratilgan mazkur yoʻnalishdagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Hurmatli ota-onalar, unutmang! Pirotexnika vositalari bu, bolalar oʻyinchogʻi emas. Jiddiy xavfdir!
IIBB Axborot xizmati