Poytaxtga olib oʻtilayotgan 2 kg “Gashish” giyohvandlik vositalari Toshkent viloyatida ushlab qolindi

Poytaxtga olib oʻtilayotgan 2 kg “Gashish” giyohvandlik vositalari Toshkent viloyatida ushlab qolindi

IIBB Axborot xizmati

Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati hududida “Sintetika, psixotrop moddalar hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish” tezkor profilaktik oyligi eʼlon qilindi.

IIBB Axborot xizmati

Xususan, Toshkent viloyati IIBB Tezkor qidiruv xizmati tomonidan, Bekobod shahar IIB, DXX hududiy boʻlinmasi va chegara xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida 1992-yilda tugʻilgan N.N. va uning sherigi, 1998-yilda tugʻilgan S.Sh.lar Bekobod shahri hududida “zakladka” koʻrinishida yashirilgan 2 kg "gashish" giyohvandlik vositasini (ekspertiza xulosasiga koʻra) belgilangan joydan olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali giyohvandlik vositasining joylashgan manzilini olganlar va uni Toshkent shahriga olib kirib sotmoqchi boʻlganlar.

Tadbir davomida 2 kg "gashish" giyohvandlik vositasi daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi. Qoʻlga olingan shaxslarga koʻra, mazkur giyohvandlik vositasining qora bozordagi taxminiy narxi 20 ming AQSH dollariga teng.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page