Poytaxtda yana bir “Yosh gvardiyachilar” harbiy-vatanparvarlik sinfining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Poytaxtda yana bir “Yosh gvardiyachilar” harbiy-vatanparvarlik sinfining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi


Bugun Uchtepa tumanidagi 283-sonli umumtaʼlim maktabida “Yosh gvardiyachilar” harbiy-vatanparvarlik sinfining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda maktab maʼmuriyati, Milliy gvardiya rahbariyati, Toshkent shahar harbiy prokuraturasi vakillari, mahalla faollari, oʻquvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbir, 7-sinfning 32 nafar oʻquvchilari xalqning vatanparvar farzandi boʻlish, oʻqishda, sportda va axloq-odobda oʻrnak boʻlish, kattalarni hurmat qilish, buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tarixda qolgan ajdodlar singari vatanparvar boʻlishga, ona-Vatani, xalqi va Prezidentga sidqidildan xizmat qilishga vaʼda berishi bilan davom etdi.

Mehmonlar oʻquvchilarni tantanali vaʼda qabul qilganligi bilan tabriklab, bugungi kunda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini taʼkidlab, oʻqishlarida omad va muvaffaqiyat tilashdi.

Tadbirning badiiy qismida iqtidorli oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi.

Report Page