Poykentda talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

Poykentda talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi


Buxoro tarixi kafedrasi o’qituvchilari A.T.Ochilov va t.f.f.d (PhD) A.H.Boltayevlar rahbarligida Tarix va madaniy meros fakulteti Tarix.Buxoro tarixi ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari “Buxoro toponimikasi” fanidan Poykentda sayyor dars olib borishdi. Talabalar o’qituvchilar rahbarligida Qadimgi Poykent yodgorligida arxeologik qidiruv va tadqiqot ishlarini olib borishdi. Tadqiqotlar natijasida Poykentning antik va ilk o’rta asrlar davri tarixiga doir madaniy qatlamlardan bir qancha sopol parchalari topib o’rganildi.





Report Page