Postel qonuni
Abdulaziz Bekturdiyev
Qabul qilgan narsangizda liberal va jo'natayotganingizda konservativ bo'ling. Tushunishga biroz qiyinroq bo'lgan narsa. Ammo uni aslini o'rgansak, bu qonun nima haqida ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Kelib chiqishi
Postel qonuni (shuningdek, mustahkamlik printsipi sifatida ham tanilgan) Internetning dastlabki asoschilaridan biri Jon Postel tomonidan ishlab chiqilgan. Qonun dasturiy ta'minotni loyihalash bo'yicha qo'llanma bo'lib, xususan TCP va tarmoqlarga taalluqli bo'lib, "TCP ilovalari mustahkamlikning umumiy tamoyiliga amal qilishi kerak: qilayotgan ishingizda konservativ bo'ling, boshqalardan qabul qilgan narsangizda liberal bo'ling" deb ta'kidlangan. Boshqacha qilib aytganda, xabarlarni boshqa mashinalarga (yoki bir xil mashinadagi boshqa dasturlarga) yuboradigan dasturlar spetsifikatsiyalarga to'liq mos kelishi kerak, ammo xabarlarni qabul qiluvchi dasturlar ma'no aniq bo'lsa, mos kelmaydigan kiritishni qabul qilishi kerak.
Dizaynda ishlatishilishi
Garchi bu printsip "packet-switching" (paketlarni almashtirish - ma'lumotlarni raqamli tarmoq orqali uzatiladigan paketlarga guruhlash usulidir) uchun ishlab chiqilgan bo'lsa ham, uni ko'p joyda, shu jumladan dizaynda ham ko'rish mumkin. Dizayndagi form lar bu qonunni amalda ishlatishiga ajoyib misol bo'la oladi:
Siz foydalanuvchilardan to'ldirishni so'ragan har bir "form" biroz harakat talab qiladi. Ma'lumotni to'ldirish uchun qanchalik ko'p harakat talab qilinsa, foydalanuvchilar uni to'ldirishlari ehtimoli shunchalik kam bo'ladi. Shuning uchun "form"ni dizayn qilishning asosiy qoidasi qisqaroq bo'lsa, yaxshiroqdir - barcha keraksiz maydonlardan xalos bo'ling.
Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchilarga yuboradigan "form" maydonlari sonida konservativ bo'ling. Ammo keyin, foydalanuvchilar ushbu maydonlarni to'ldirishlari haqida gap ketganda:
foydalanuvchidan so'ralgan ma'lumotga javobning bir nechta varianti bo'lishi juda keng tarqalgan; masalan, masalan foydalanuvchidan telefon raqami so'ralganda, ular raqamni faqat kod orqali 99 600 9090 shaklida yozishsa, tizim buni qabul qilishi kerak. Ulardan +998 kodni talab qilib o'tirishni hojati yo'q. Tizim ikkala formatni ham qabul qilishi kerak va so'ralgan telefon raqamini tizimga kerakli formatga aylantirish bu dasturchining ishi.
Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchilardan qabul qilgan narsada erkin bo'ling.
Xulosa
- Foydalanuvchi amalga oshirishi mumkin bo'lgan har qanday harakatlar yoki ular taqdim etishi mumkin bo'lgan har qanday ma'lumotga nisbatan hamdard bo'ling, moslashuvchan va bag'rikeng bo'ling.
- Ishonchli va qulay interfeys bilan ta'minlagan holda, ma'lumotlarni taqdim qilish, tizimga kirish va foydalanuvchilarni tizimni ishlatishdagi salohiyati nuqati nazaridan har qanday holatga tayyor turing.
- Dizaynda qanchalik ko'p taxmin qilsak va rejalashtira olsak, dizayn shunchalik bardoshli bo'ladi.
- Foydalanuvchilarning oʻzgaruvchan maʼlumotlarini qabul qiling, bu maʼlumotni sizning talablaringizga javob berish uchun o'zingiz o'zgartiring, kiritish chegaralarini belgilang va foydalanuvchiga aniq fikr-mulohazalarni taqdim eting.