Pomodoro

Pomodoro

M******D

Pomodoro texnikasi nima?

1982-yil oxirlarida Francesco Cirillo nomli student dars qilish jarayonida diqqatni bir joyga jamlashga qiynalgan. So'ngra u pomidor(Italian: Pomodoro) shaklidagi timer topib olgan va 10 daqiqalik tanaffuslar bilan ishlashga qaror qilgan, shu tariqa Pomodoro texnikasi dunyoga kelgan. Texnikaning kuchli tomoni bu uning oddiyligidir. Cirillo bu haqida kitob ham yozgan.

Uni qanday ishlatadilar?

  1. Tinch joy topish.
    O'quvchilardagi eng katta muammo bu tinch joy topishdir. Sizni hech kim bezovta qilmaydigan joyga borasiz yoki boshqalarni ogohlantirib qo'yasiz sizni chalg'itmasliklari uchun. Tanishlar yoki sinfdoshlar bilan dars qilish bu eng ahmoqona ish. Dars qilish qolib qayisidir qiz haqida yoki ustoz haqida gap ketadi. Seni chalg'itmasliklarini so'rasang ham katta ehtimol bilan xonaga har besh minutda kimdir kirib chiqadi yoki shunga o'xshash uyushtirilgan voqea hodisa bo'ladi😂 Bu narsa kulgili lekin eng orqaga tortadigani ham shu. Inson kirishib ketgan ishidan chalg'isa yana o'sha darajada ishga kirish va hayolni bir joyga qo'yish uchun 13 daqiqa atrofida vaqt ketadi. Sizni har 10 minutda chalg'itishsa kuni oxirigacha ham hech nimaga ulgurmaysiz va ko'plab xatolarga yo'l qo'yasiz.
  2. Bajarish kerak bo'lgan topshiriqni talaysiz.
  3. 25 minut hech nimaga chalg'imagan holda ishga kirishasiz.
  4. 25 minutdan so'ng 5 minut dam olasiz.
    Dam olish bu intagram yoki telegramga kirib chiqish emas. Dam olish bu shunchaki hech nima qilmasadan shiftga qarab yotish yoki suv ichib olish, hayol surish va hokazo.
  5. Shu siklni 3 marta takrorlaysiz
  6. 4 ta pomidor bu 1 ta vaqt blogi, har bir vaqt blogi orasida 30 minut va undan ham ko'proq dam olishingiz yoki boshqa bir mashg'ulot bilan shug'ullanish mumkin. Bu choy ichib kelish yoki internetda vaqt sarflash va shunga o'xshash ishlar.

Pomodoroning ustunliklari va studentlarning muammolari

  1. Shoshilik hissi
    Har bir o'quvchiga ustozi vazifa berganida, vazifalar ko'pligini ko'rgan o'quvchida vahima hissi uyg'onadi va qachon darslarni tugataman deb tinimsiz o'ylashni boshlaydi. Siz berilgan topshiriqlarni javdallashtirib pomidorlarga bo'lib chiqqaningizda, ularni tugatish qanchalik oson ekanligini tushunib yetasiz va sizdagi shoshilish hissi bartaraf etiladi.
  2. Prokastinatsiya
    Ichki shoshilik hissi insonda baxtsizlik hissini uyg'otadi, huddi sen orqada qolib ketyapsan va boshqalar sendan o'zib ketayotgandek(Sizda ham shunday bo'lganimi? kommetda yozib qoldiring). Shu narsani o'ylab siqilasan. Siqilishganingdan tiktok yoki instagram kirib video tomosha qilasan. Oxir oqibat topshiriqlar bajarilmay qolib ketadi. Ayana mana shu muammolar uchun pomodoro usuli ish beradi. Miya 25 daqiqa va 5 daqiqa tanffusni ko'rganda, unga qo'yilgan bosimlarni unutadi.
  3. Ichki motivatsiya
    Topshiriqlarni qanday qilib bajarib qo'yganingni ko'rganingdan so'ng, hayratlana boshlaysan va o'zinga bo'lgan ishonching oshadi, motivatsiya olasan. Keyingi safar ustozing vazifa berganida miyig'ingda kulib, ichingda "bir blok pomidorda tugataman deysan". Boshqalar esa qanday tugatishni o'ylab, o'yiga yetolmidi :)
  4. Energiyani uzoq vaqtga yetkazish.
    Bir martada 100 ta turnik tortish juda qiyin, lekin 10 tadan iloji bor. Bir kun ichida 500 betlik kitobni o'qish qiyin lekin har kuni ozroqdan tugatish mumkin. Biz energiyani tejab, dam olish orqali uzoq vaqt davomida ishlashimiz mumkin. 4 soat to'xtovsiz ishlasak charchoq his qilamiz, pomodoro bilan esa kunni oxirigacha energiyani yetkazish mumkin. Kichik intervallarda dam olib ishlash ancha foyda beradi va mahsuldorlikni oshiradi. Leonardo da Vinci va Nikola Tesla har 4 soatda 20 minut uxlashgan.
  5. Yuqori mahsudorlik
    Vaqt o'tishi bilan miyang 25 minut hech nimaga chalg'imasdan ishga kirishib ketadigan bo'ladi qolganlar chalg'ib 1 soatda tugatadigan ishni 1 ta pomidorda tugatasan. Kun oxiriga kelib qancha vaqt dars qilganingni ko'rib hayratlanasan.

Muammolar

Bu usulni May oyidan beri ishlatib kelaman. Menda bo'lgan muammolar boshqalarda ham bo'lishi mumkin shu sabab oldindan nima qilish kerak ekanligini aytib o'taman.

  1. Birinchi qadam har doim qiyin.
    Boshlanishida 1 ta pomidorni tugatish ham qiyin ish bo'lib tuyuladi. Lekin ishlashda davom et. 3-pomidordan boshlab hammasi silliq ketadi.
  2. 5 daqiqalik tanffusda hech qachon boshqa narsaga chalg'ima. Bilaman hech narsa qilmasdan o'tirish qiyin lekin 4 ta pomidor tugaguncha sabr qil. Ijtimoiy tarmoq kutib turadi.
  3. Pomidor tugashi bilan ishni ham to'xtat. Juda ham kirishib ketishing mumkin, oxiriga yetmagan bo'lishi mumkin lekin to'xtatish kerak chunki hozir hamma energiyani sarflab yuborsang keyin hech nima qilish yoqmay qoladi.
  4. Tongni pomidor bilan boshlash yaxshi lekin 5 minutlik tanffuslarda uxlab qolish ham hech gap emas. Hattoki tush ko'rishga ham ulgurishing mumkin(Ertalab suzishdan charchab kelganimda bo'lgan😂). Lekin turib qayta ishni boshla. Eng qiyini o'zingni turib ishlashga majburlash. Boshlashing bilanoq miyang yana o'z holatiga keladi va ish oqimiga kirishib ketasan.
Bizda hamma narsaga vaqt bor, agarda uni to'g'ri sarflasak!

Report Page